2016 yil 1-3 noyabr kunlarida Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashining Standartlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyaning (NTKS) 52-chi hamda Axborot texnologiyalari bo‘yicha Ishchi guruhining 35-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashi MDX tarkibiga kiruvchi hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosat to‘g‘risidagi Bitim" asosida 1992 yil 13 martda tashkil qilingan. Bitim milliy standartlashtirish idoralari, MDH a’zo davlatlar metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi imkoniyatlarni birlashtirish, shuningdek ushbu soxalarda yagona texnik siyosatni amalga oshirish imkonini berdi.

Yig‘ilishlarda, standartlashtirish, metrologiya,sertifikatlashtirish sohalari bo‘yicha "O‘zstandart" agentligi vakillari bilan birga MDH mamlakatlarining Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi milliy organlarining vakillarihamda DSK standartlari byurosi vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibida quyidagi savollar kiritildi va muhokama qilindi:

  • MDH shartnoma-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish to‘g‘risida;
  • 2020 yilgacha bo‘lgan davrda, DSK rivojlantirish Strategiyasi nizomini amalga oshirish uchun, 2016-2020 yillarda DSKning Reja dasturini amalga oshirilishi to‘g‘risida;
  • Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha hujjatlarni tarqatish to‘g‘risidagi Kelishuv loyihasi va Davlatlararo standartlarni tarqatish tartibi loyihasi
  • 2016-2018 yillarda Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha Ish dasturini aktuallashtirish to‘g‘risida
  • “Xalol” mahsulotlarini standartashtirish to‘g‘risida;
  • DSK va Halqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risida;
  • MDH Elektrenergiya Kengashi va MDHning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo kengashi o‘rtasidagi Hamkorlik to‘g‘risida
  • Standartlashtirish va o‘lchovlar birligini ta’minlash sohasidagi DSK va YeEK o‘rtasidagi Hamkorlik memorandumi nizomlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Rejasi loyihasi to‘g‘risida;
  • Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha ishlar doirasida axborot texnologiyalarni rivojlantirish yo‘l kartasi to‘g‘risida

va boshqa masalalar

Muhokama natijasida, Milliy idoralar rahbarlarining yig‘ilishida muhokama qilish maqsadida DSKning navbatdagi yig‘ilishi (MGS-50) kun tartibiga kiritish uchun tegishli tavsiyalar va takliflar tasdiqlandi.

Uchrashuvlar bayonlari bilan DSK rasmiy veb-saytida (www.easc.org.by) tanishish mumkin.