O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati 2016 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli Bayonnomasining 4-ilovasiga muvofiq, joriy yilning 19 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligining majlislar zalida “Ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlaridagi yutuq va muammoloarni bartaraf etish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi. 

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar hamda “O‘zstandart” agentligi tizimi tashkilotlarining ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlayotgan mutaxassislari ishtirok etdi. 

Seminarda ish yuritishdagi, ijro intizomidagi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlashdagi yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar hamda ijro intizomiga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar huquqiy-me’yoriy hujjat turlarini talab darajasida bilmasligi tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.
Seminar yakunida ish yuritish, ijro intizomi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.