O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan “2016 yilda agentlik tizimidagi sinov laboratoriyalarini rivojlantirish rejasi” ga muvofiq, Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi akkreditlangan sinov laboratoriyalari yangi va zamonaviy o‘lchov vositalari va sinov uskunalari bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Bu borada Toshkent shahari, Buxoro va Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazlarining sinov laboratoriyalari uchun zamonaviy sinov uskunalari va o‘lchov vositalari xarid qilinib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu sinov uskunalari va o‘lchov vositalarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasida hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya doiralarini kengaytirish imkoniyatlari yaratiladi, va laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan sinov va o‘lchov ishlarining aniqlilik va ishonchlilik darajasi oshadi va eng asosiysi jismoniy va yuridik shaxslar uchun qator yangi imkoniyatlar yaratiladi.