Respublikamizda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Haitovning navbatdagi Sayyor qabuli joriy yilning 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi. 
Sayyor qabul jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklari, hamda amaldagi Qonunchilik va me’yorlar talabining mazmun mohiyati, ularning bugungi kundagi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. 
Shuningdek, Agentlik Bosh direktorining Virtual qabulxonasi ochilgani va unga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkinligi, bevosita muloqot uchun rahbarning telefon raqamlari qo‘yilganligi e’lon qilindi, ishonch telefoni orqali bog‘lanish imkoniyatlari yaratilganligi aytib o‘tildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonli Farmoniga muvofiq Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham qabulga kelganlarga keng tushuntirishlar berildi.
“Sayyor qabul”da tadbirkorlarga va fuqarolarga yaratilayotgan qulayliklar, jumladan davlat standartlarining agentlik veb-sayti orqali bepul olish imkoniyati yaratilganligi, o‘ndan ortiq interaktiv xizmat turlari haqida axborot berildi. Qabulga kelganlar tomonidan bildirilgan takliflar mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 
Savol va javoblardan so‘ng A.Haitov “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va xalqaro standartlarga mos sifat tizimlarini joriy etish masalalaridagi kelgusi rejalar, viloyat markazlaridan chekka hududlarda, xususan viloyatning Denov va Sherobod tumanlarida aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalarining tashkil etilayotgani to‘g‘risida ham sayyor qabul ishtirokchilariga batavfsil ma’lumotlarni berib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida, jismoniy va yuridik shaxslar hohlagan vaqtda hech bir ikkilanmasdan “O‘zstandart” agentligi va har bir viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy boshqarma va Sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshida tashkil etilgan ishonch telefonlariga, Bosh direktorning vertual qabulxonasiga yoki agentlikning rasmiy veb- saytiga o‘zlarini qiziqtirgan masalalari yuzasidan murojaat etishlari mumkinligi, va albatta ushbu murojaatlar e’tibordan chetda qolmasligi, hamda o‘rnatilgan tartibda qisqa vaqtda ko‘rib chiqilib ijobiy hal etilishi alohida ta’kidladi. 
Ishtirokchilarning sayyor qabulni tashkil etilishi va ko‘rilgan masalalar bo‘yicha fikr mulohazalari eshitilib, kelgusida mazkur uchrashuvlarni tizimli tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb topildi.