O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 noyabrdagi 389-sonli qarori bilan Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risida»gi Umumiy texnik reglament (keyinchalik Texnik reglament) tasdiqlandi. (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plami, 2016 y., 47-son, 540-modda).

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Texnik reglament Texnik vositalarning elektromagnit mosligiga yagona talablarni belgilash maqsadida qabul qilindi.

Texnik reglament rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy muddat tugashi bilan kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” qonunining talablariga muvofiq, ushbu Texnik reglamentni amalga joriy etilishi bilan, Texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlarga standartlashtirish bo‘yicha avval qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, majburiy xarakterini yo‘qotadi va o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladi.

Texnik reglamentni umumiy matni bilan bizning saytimizda “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishish mumkin.