Sarf va bosim o‘lchashlardagi yangiliklar 

“O‘zstandart” agentligi “Metrologik xizmatlarni ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasining sarf va bosim o‘lchashlar bo‘limining moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda. 

Joriy yilning sentyabr oyida bo‘lim mutaxassislari “Suyuqlik va gazlar sarfi va miqdori o‘lchashlarni metrgologik ta’minotining aktual masalalari” mavzusidagi konferensiyada, hamda Rossiya Federatsiyasining Kazan shahrida bo‘lib o‘tgan TK 1.4 “Rasxodometriya” – texnik qo‘mitasining yig‘ilishida qatnashgan. 

E’tiborli tomoni shundaki, Joriy yilda bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash avtomatik uskunasi harid qilindi. 

Ushbu uskunasining imkoniyatilari: O‘lchash diapazoni 100 kPa dan 7 MPa gacha, xatolik ±0,015 %dan. Ushbu asbob-uskuna barometrlar, absolyut bosim ko‘rsatgichlarida qiyoslash va kalibrlash ishlarini amalga oshirishga imkon beradi. Shuningdek, bo‘limda o‘lchash vositalarini, mijozlar bilan ishlash hamda qilinadigan ishlar hajmini hisobga olish va nazorat kilish buyicha elektron ma’lumotlar bazasi joriy qilindi.

Hozirgi vaqtda barometr, absolyut bosim ko‘rsatgichlar, avtomatik sfigmanometrlarni qiyoslash uchun akkreditatsiya doirasini kengaytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.