Jahon bozoriga yo‘l

“O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish” Byurosi tomonidan Respublikamizdan ilk marotaba eksport qilishni rejalashtirgan kovul (каперсы) mahsuloti uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti O’z DSt 2440:2012 “Konservalangan kovullar, Texnikaviy shartlar” ishlab chiqishda amaliy yordam ko'rsatildi hamda mamlakatimizda kovul mahsulotlarini konservalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga taqdim etildi. Buning natijasida hozirgi kunda ushbu mahsulotni dunyoning 5 ta rivojlangan davlatlariga (Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gretsiya) ilk bor eksporti amalga oshirish imkoniyati yaratildi.