Yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sifat sertifikati taqdim etildi.

 

Joriy yilning 19 dekabr kuni «O‘zstandart» agentligi qoshidagi «O'zbek-TurkTestMarkazi» MChJ QK tomonidan «VISION TEXTILE» MChJ ga yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha xalqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, «O'zbek-Turk Test Markazi» MChJ QK sisertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan «VISION TEXTILE» MChJ korxonasi ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.

«VISION TEXTILE» MChJ korxonasi sifat menejment tizimini barcha auditor tekshiruv bosqichlaridan o‘tdi, hujjatlar tekshirildi, xom-ashyo va ishlab chiqarish sharoitining xavfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.

ISO 9001:2015 sertifikati «VISION TEXTILE» MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda yuqori sifatini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli xil xatarlarni kamaytirish va baholash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlar hohishi va talablar qanoatlantirilganligini aniqlashga imkoniyat beradi.