O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik istiqbollari.

Jizzax insdustrial erkin hududida joylashgan Sirdaryo filialida hozirgi kunda “Peng Sheng” MChJ QK- keramik plitkalar, “Pengzhong Xingsheng” MChJ QK- uyali aloqa vositalari, “Peng Sheng Casing” MChJ QK - katta va mayda shoxli hayvonlarning ichki a’zolarini qayta ishlash, “Peng Sheng Feed” MChJ QK-uy hayvonlari uchun ozuqa, “Peng Sheng Shoes” MChJ ChEK - poyafzal mahsulotlari, “Peng Sheng Charm” MChJ ChEK - teri mahsulotlarini qayta ishlash, “AWP” MChJ KK – santexnika mahsulotlari, “Sirdarya Ceramic Production” MChJ ChEK - keramik plitkalar ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi.

Mazkur korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish zaruriyati tufayli chetdan olib kelinayotgan hamda Sirdaryo viloyati hududida faoliyat yuritayotgan qurilish, santexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini sifat nazoratini tashkil etish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va Xitoy davlatining “Taizhou Yongtong Brass Industry Co.Ltd.,” kompaniyasi hamkorligida, “SIRDARYO TEST CENTER” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Uning bazasida sinov majmuasi tuzildi. Ushbu sinov majmuasi O‘z DSt ISO/IEC 17025:2007 standarti talablari asosida “O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya boshqarmasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

“SIRDARYO TEST CENTER” MChJ QK qoshidagi sinov majmuasiga umumiy qiymati 519497,4 AQSh dollari bo‘lgan sinov qurilmalari va o‘lchov vositalari o‘rnatilgan. Sinov majmuasi akkreditatsiya sohasiga xozirgi kunda qurilish (keramik plitkalar, keramik g‘isht, beton g‘isht) mahsulotlari va santexnika (har xil turdagi kranlar, suv tarqatgichlar) vositalari kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat nazorati sinovlari amalga oshirilmoqda.

Industrial erkin hududida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan keramik plitkalar - 40 %, uy hayvonlari uchun ozuqa - 100 %, teri mahsulotlari - 95 %, santexnika mahsulotlari - 40 %, uyali aloqa vositalarining - 20 % asosan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy va Turkmaniston davlatlariga eksport qilish imkoniyati yaratiladi.