Toshkent viloyati xokimi tomonidan tasdiqlangan “Mahsulot ishlab chiqaruvchi va eksporter korxonalar ishtirokida o‘tkaziladigan seminarlar jadvali”ga asosan 2017 yil 22 fevral kuni Angren shaxar xokimligida, Oxangaron tumani va Angren shaxar xududida joylashgan korxona, tadbirkorlik subektlari va eksporter korxonalarga, Xokimiyat mutaxassislari, “DQS Quality Systems” MChJ va «Sert-Manegement» UIK MChJ rahbarlari ishtirokida ISO 9001 standarti talablariga muvofiq sifat tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli qarori xamda 2015 yil 5 dekabrdagi 97-a-sonli “O‘zstandart” agentligi raxbariyati tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli xamda 15 maydagi PF-4725-sonli Farmoni mazmuni va moxiyatlari, xamda Xukumat tomonidan berilgan soliq va bojxona soxalaridagi imtiyozlar va SMTni joriy etishning afzalliklari yoritilib berildi.

Korxonalar vakillari tomonidan savol-javoblar berilib, seminar-davra suxbati tariqasida o‘tkazildi va «Sert-Manegement» UIK MChJ rahbariyati tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilindi.