Prezident Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bu yerda yiliga TCL brendi ostida 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming dona "Samsung" changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. 

Mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yo‘naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.