Farg‘ona viloyat O‘zbekiston tuman Katta qaynar qishlog‘ida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Altair Tekstil” MChJ tomonidan GOST 28039-89 talabi asosida ishlab chiqarilayotgan TNVED kodi 6109 10 000 0 – kattalar va bolalar futbolkasi, GOST 7474-88 talabi asosida ishlab chiqarilayotgan TNVED kodi 6108 91 000 0 – ayollar va qiz bolalar xalati mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2011 yildagi 122-sonli "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining birinchi bandiga asosan Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi va mahsulotlarni Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinishiga erishildi.