Hududlardagi bozorlar va savdo do‘konlarida Xitoydan import qilingan isitish tovarlari (elektr pechkalar, duxovkalar, qozonlar, gorelkalar) muvofiklik sertifikatisiz sotilishining oldini olish maqsadida viloyat hokimliklariga, soliq, standartlashtirish, SES, bojxona va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining hamkorlikdagi qo‘shma chora-tadbirlari tasdiqlanib, amaliy ishlarga qo‘l urildi. 
Birinchi navbatda tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik bo‘yicha tushuntirish berish orqali sertifikati bo‘lmagan isitish moslamalari va jihozlari savdodan oldirilayapti. 
Shuningdek, hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari va “Sanoatgeokontexnazorat” inspeksiyalari, Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan hamkorlikda maktab, va maktabgacha ta’lim maskanlari, qishloq vrachlik punktlarida isitish qozonlarining holati va sifatini kafolatlovchi muvofiqlik sertifikati borligini o‘rganish rejasi tasdiqlandi vatizimli ravishda ijro etiladi. 

Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan, Hazorasp, G‘ijdivon, Urgut va Qo‘qon erkin iqtisodiy hududlarida “O‘zstandart” agentligining ilmiy ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha aniq qadama-qadam chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, barcha viloyatlarda aholiga maishiy gaz, suv va elektr hisoblagichlarni qiyoslash masalasida qulay shart sharoit yaratish maqsadida ko‘chma laboratoriyalar faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari 20 ta tumanlarda aholidan maishiy hisoblagichlarni qabul qilish va qiyoslash bo‘yicha shaxobchalar tashkil etildi.
Mahlumot uchun:
Ko‘rsatilayotgan xizmatlarni xalqaro darajada amalga oshirishni ta’minlash albatta kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Shuni hisobga olgan holda, kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha barcha viloyatlarning jami 30 dan ortiq mutaxassislarni 2017 yilda Rossiya, Belorussiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya davlatlariga malaka oshirishga yuborish belgilandi. Shu kungacha 22 ta mutaxassislarimiz Belorussiya, Rossiya va Koreyada o‘z malakalarini oshirib keldilar.
Tadbirkorlik sub’ektlariga mahsulotlarni eksport qilishda qulayliklar yaratish masalasida halqaro va xorijiy davlatlarni standartlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri joriy etish bo‘yicha tegishli normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish loyihasi tayyorlandi, ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
2017 yil mobaynida markazlar sertifikatlashtirish idorasining akkreditatsiya doirasini 4 xil, yengilsanoat, 5 xil oziq-ovqat mahsulotlari, 2 xil kimyo mahsulotlariga va 3 ta umumiy texnik reglament, 1 ta mahsus texnik reglamentlarga kengaytiriladi. 
2017 yilda Buxoro viloyatida kimyo, Namanganda yengil sanoat, Surxondaryoda oziq-ovqat mahsulotlarni sinash laboratoriyalari halqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. 
Joriy yilda 21 ta texnik reglamentlarni qabul qilish rejasiga asosan ishlar boshlandi, bugungi kungacha 2 ta texnik reglamentlar qabul qilindi (charm va alkogol mahsulotlarni xavfsizligi to‘g‘risida).