O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi deligatsiyasi Bosh direktor – A. Xaitov boshchiligida Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida 30 may - 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan MGS tashkil topganining 20-yilligiga bag‘ishlangan, Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengashning 51-yilligi yig‘ilishida ishtirok etdi.

30 mayda Yig‘ilish doirasida “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengashga 25 yil: natijalar va istiqbollar” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi, unda ushbu yo‘nalishlarning dolzarb masalalari bo‘yicha MGS davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash bo‘yicha milliy organlarning rahbarlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi, hamda Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO), Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC), BMTning Sanoat rivojlanishi bo‘yicha tashkiloti (UNIDO), Polsha standartlashtirish qo‘mitasi (PKN), Turkiya Standartlar Instituti (TSE) kabi xalqaro, mintaqaviy va xorij tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdilar. 
MGSning 51-yilligi yig‘ilishi 31 may – 1 iyun kunlari bo‘lib o‘tdi, unda davlatlararo darajada standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, jumladan:
2020 yilgacha MGS rivojlantirish strategiyasi qoidalarini amalga oshirish uchun 2016 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda MGSning faoliyat rejasini amalga oshirish va dolzarblashtirish jarayoni;
2016 yil 21 noyabrda qabul qilingan 71/10 “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘rtasidagi hamkorlik” BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga binoan BMT tizimining ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va oshirish; 
“Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo-davlatlarining o‘zaro savdosida texnik to‘siqlar to‘g‘risida”, “Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha hujjatlarni tarqatish bo‘yicha”, “Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha hujjatlarni tarqatish tartibi” va b. Kelishuvlar loyihalari. 
ISO va MGS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish va b. masalalar. 
Shuningdek Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengash to‘g‘risidagi Nizom va MGS tartib-taomillarining qoidalariga muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori – Xaitov Aktam Axmadovich 2017-2018 yillar davriga MGS Kengashining Raisi etib saylandi. 
Muhokamalar yakuni bo‘yicha Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan MGS 51-Yig‘ilishining Bayonnomasi rasmiylashtirildi va imzolandi.