Чоп этиш учун
Boshqalar

Assalomu alaykum hurmatli Alisher. “O‘zstandart” agentligida “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” faoliyat yuritadi. Byuroning asosiy vazifasidan biri eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish hisoblanadi. Byuroning markaziy apparati "O‘zstandart" agentligi binosida joylashgan, manzili quyidagicha: Byuroning elektron pochtasi: export@standart.uz. Telefon raqami: 249-80-15; 202-00-11 (1009; 1032; 1034). Manzili: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".

Assalomu alaykum hurmatli Ilhomiddin Alishevich. Sizning murojaatingizga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz.   Ekspert-auditorlik uchun xujjatlar O'zDSt 5.9 -2014 me’yoriy xujjat talablari asosida topshiriladi. Shuningdek, quyida ko‘rsatilgan SMSITI tomonidan o‘tkaziladigan kurslar bazaviy hisoblanadi.

​Assalomu alaykum hurmatli Burixon.  Hozirgi kunda aksariyat ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarda shtrixli kodlarning mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bu xohlang oziq-ovqat maxsulotlari, kanselyar tovarlar yoki elektropriborlar bo‘lsin. Ishlab chiqarilgan tovarlarga shtrixli kodlarni berish bo‘yicha ishlar butun dunyoda, shuningdek O‘zbekistonda ham GS1 Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi. GS1 Xalqaro Assotsiatsiyasining har bir davlatda o‘z vakolatxonalari mavjud. Yurtimizda ishlab chiqarilgan maxsulotlarga shtrixli kodlarni GS1 Uzbekistan Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan beriladi. Berilgan shtrixli kodlar “O‘zstandart” agentligi “Shtrixli kodlash markazi” Davlat korxonasi tomonidan Davlat reyestiriga ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda shtrixli kod asl nusxa maketlari yasab beriladi (O‘z.R. VMning 21.09.1999 yildagi 438-sonli Qarori asosida). Har bir ishlab chiqarilgan maxsulot GS1 Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan individual raqamlar asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, har bir davlatning GS1 Assotsiatsiyasi tomonidan beriladigan prefiksi (shtrixli-kodning boshidagi 3 ta raqam, masalan, 478 O‘zbekiston GS1 Assotsiatsiyasiga tegishli) mavjud. Shtrixli kodlar oq va qora chiziqlar asosida maxsulot etiketkasiga joylashtiriladi. Bu chiziqlarning tagidagi raqamlar shtrixli-kod sanaladi. Har doim ham shtrixli kodlarning prefiksi orqali tovar ishlab chiqarilgan davlatni aniqlab bo‘lmaydi. Buning bir qancha sabablari mavjud. Masalan, korxona boshqa davlatda qo‘shma korxona tashkil qilgan xolda o‘sha turdagi maxsulotini o‘sha davlatda ishlab chiqarishi mumkin (PEPSI O‘zbekiston GS1 Uzbekistan Xalqaro Assotsiatsiyasiga tegishli 478 prefikisidan yurtimizda foydalanadi).

Shuningdek, misol sifatida «Соса-Соla Uzbekistan» GS1 Belgiya Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan prefiks va raqamlardan foydalanadi. Shtrix-kodlr ichida eng keng tarqalgani bu EAN-13 (European Article Numbering), ya’ni 13 raqamdan iborat shtrixli kodlar. Shtrixli kodlarning qalbaki emasligini tekshirishimiz uchun biz quyidagi arifmetik amallarni bajarishimiz zarur: Masalan, 478 002262 017 7 shtrixli-kod: - 478 – davlat prefiksi; - 002262 – ishlab chiqaruvchi korxona; - 017 – maxsulotlar soni; - 7 – nazorat raqami. Uni shtrixli kodning to‘g‘riligini aniqlash uchun maxsus skanner yordamida aniqlanadi. Nazorat raqami quyidagi amallar asosida aniqlanadi:
1. Juft o‘rinda turgan raqamlar har biri bir biriga qo‘shib chiqiladi: 7+0+2+6+0+7=22.
2. Chiqgan sonni 3 ga ko‘paytiramiz: 22*3=66.
3. Toq o‘rinda turgan raqamlar har biri bir biriga qo‘shib chiqiladi: 4+8+0+2+2+1=17.
4. 2 va 3 banda turgan raqamlar bir biriga qo‘shiladi: 66+17=83.
5. Chiqgan natijadan 10 xonalik raqam olib tashlanadi: 3 qoladi.
6. 10 sonidan 5 banda chiqgan natija ayriladi: 10-3=7.
Bu amallardan ko‘rinib turibdiki yuqoridagi shtrixli koddagi 7 nazorat raqami to‘g‘ri ekanligi. Agar hisob kitoblar to‘g‘ri chiqsa demak shtrixli kod qalbaki emas. Shtrixli kodlarning qaysi davlat GS1 Assotsiatsiyasi tomonidan berilganligini aniqlash uchun http://www.gs1uz.org/Issue.aspx?id=65 saytiga tashrif buyurgan xolda bilib olishingiz mumkin.