Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda.
Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Qoraqalpogʻiston filiali tashabbusi bilan tizimda koʻp yillar mobaynida xizmat qilgan faxriy xodimlar bilan yoshlarning uchrashuvlari tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan.
Unda ustoz-shogird maktabining ahamiyati, sohada fidoyilik koʻrsatgan xodimlar bilan yoshlar uchrashib, oʻzlari uchun kerakli maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar. Ish jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, ayniqsa ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi faxriylar tomonidan qayd etib oʻtildi.