Yangiliklar



Andijon viloyatida joylashgan "GRAND TEHNOLOG” MChJda polietilgen, polivinilxlorid qoplamali, alyumin va mis elektr simlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Agentlikning Navoiy viloyati hududiy filiallari tashabbusi bilan tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun seminar tashkil etilib, unda Prezidentimizning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va sohaga oid muhim topshiriqlar ijrosi yuzasidan tushunchalar berildi.

Loyihadan tayyor mahsulotgacha...

Agentlikning Samarqand viloyati tizim-tashkilotlari tomonidan 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalari oʻrganilib, korxonalarga xalqaro standartlarni joriy qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qashqadaryo filialida Prezidentimizning Oliy Majlisga va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan tizimli masalalar yuzasidan siyosiy oʻquv soati oʻtkazildi.

Joriy yilning 16-yanvar kuni mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasi va Noritsuisu Co. Ltd kompaniyasi koʻmagida Yaponiyaning Nagoya shahri meri Takashi Kavamura (Takashi Kawamura) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mutaxassislarning Yaponiyada olayotgan tajribasi, Yaponiya sanoat standartlari, muvofiqlikni baholash, kadrlar malakasini oshirish mavzusiga oid masalalarda fikr almashildi. Uchrashuv natijasiga koʻra soha yoʻnalishlarida doimiy hamkorlik olib borishga kelishildi. Hamkorlikning yangi istiqbollari Yaponiya ommaviy axborot vositalarilarda keng yoritildi.

Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!

Agentlik tizimidagi Davlat nazorati Departamenti Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Qoraqalpogʻiston filiallari tomonidan 14-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yillik Bayrami munosabati bilan “Martlar qoʻriqlaydi Vatanni” deb nomlangan maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Koreya tajribasi oʻrganilmoqda.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining bir guruh mutaxassislari xizmat safari bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi.

 Agentlik masʼullari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  PQ-5159-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Kanadaning  HATCH kompaniyasi vakillari Trakuair Greg va Xlouschko Stefan Josef bilan uchrashuv  boʻlib oʻtdi.

Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish  maqsadida davlat tashkilotlari xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlari raislari uchun seminar tashkil etildi. Seminarda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rais oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva, qoʻmita masʼullari, raislari va TTSA xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi ishtirok etdi.

SE Markirovkasi- Yevropa davlatlariga eksportda katta imkoniyat, shu bilan birga hozirgi kuchli raqobat sharoitida xorijiy bozordan ayniqsa Yevropa Ittifoqi bozorlaridan mustahkam joy egallash muhim masala hisoblanadi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda xotin-qizlar himoyasini oʻzida aks ettiruvchi bir qator hujjatlarning mazmun-mohiyati va zoʻravonlikning har qanday turi inson huquqlariga qarshi jinoyat ekanligi, bu holatni hech narsa bilan oqlab boʻlmasligi haqida tushunchalar berildi.

Respublikamizda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan.

Korxonalar faoliyati eʼtiborda

Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallar tomonidan sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Buning natijasida ularning faoliyatlaridagi standartlashtirish, metrolgiya va serifikatlashtirish sohalaridagi muammolariga barham berilmoqda.

Agentlikda sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa yordamida davlat tili haqidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosida ish yuritishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, hujjatlar aylanishi davlat tilida boʻlishini  taʼminlash va bu jarayonda davlat tiliga qatʼiy amal qilishni nazorat qilish belgilanganligi taʼkidlandi.

Anjumanda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlangan

Soʻngi yillarda “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Xalqaro savdo markazi bilan standartlashtirish, muvofiqlikni baholash sohalarida hamkorlik koʻlami kengaytirildi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Agentlik masʼullari va Buxoro viloyati hududiy boʻlinma xodimlari Buxoro shahrida joylashgan “Malika Sulton” zardoʻzlik va hunarmandchilik markazi hamda “Usta Davron Toshev miniatyura markazi” hunarmandlar faoliyati bilan tanishdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Agentlik huzuridagi Fargʻona viloyati boʻlinmalari va Fargʻona huquqshinoslik texnikumi talabalari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazdilar.