Чоп этиш учун
Metrologiya

Assalomu alaykum hurmatli Zahriddin.Sizning murojaatingizga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz Metrologiya bo‘yicha Xalqaro tashkilotlar haqida batafsil ma’lumotlarni tashkilotlarning quyidagi rasmiy saytlaridan olishingiz mumkin: MOZM tashkiloti haqida - www.oiml.org rasmiy saytidan va ILAC tashkiloti haqida - www. ilac.org rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Assalomu alaykum xurmatli Dilshod! Sizning murojaatingizga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. O‘lchash vositalarining qiyoslash vaqti (qiyoslashlararo intervali muddati) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 4 mayda 2782-son bilan ro‘yxatga olingan “Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati”ga asosan belgilanadi. Ushbu hujjat amalga kiritilganga qadar, O‘lchash vositalarining qiyoslash vaqti (qiyoslashlararo intervali muddati) “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuning 14-moddasiga muvofiq, majburiy davlat qiyoslashiga jalb etiladigan va uning davriyligi belgilangan o‘lchov vositalarining qiyoslash davriyligi nomlangan ro‘yxatiga asosan belgilangan.

Assalomu alaykum hurmatli GULOM! Elektr energiyasining hisobga olish priborlari, shu jumladan ASKUE tizimi, “Uzstandart” agentligi tomonidan O’zDst8.038:2014 “O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Elektr energiyasining avtomatlashtirilgan hisoblash tizimlari. Qiyoslash uslullari va vositalari” davlat standartiga asosan birlamchi va davriy qiyoslashdan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunining 14-moddasiga binoan “O‘zstandart” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlangan “Nomlar ro‘yxati” xujjat asosida, ASKUE tizimining hisobga olish priborlari majburiy davlat metrologik tekshiruvidan o‘rnatilgan vaqt oralig‘ida tekshirib boriladi.