Joriy yilning 3-4-avgust kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida va Nukus shahridagi 2-sonli Sport maktabi majmuasida «Tabiiy va mineral resurslarni tiklash, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel sanoati, elektroenergiya va elektrotexnika mahsulotlari sanoati» ga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” davlat muassasai Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari ham ishtiroq etib, ma’sullar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartdartlashtirish, sertifikatlashtirish va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatildi.