Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tekshirishlar davomida nazorat ostidagi sub’ektlar faoliyatida ko‘plab uchraydigan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan

T A V S I YA L A R

Tekshirishlar davomida nazorat ostidagi sub’ektlar faoliyatida ko‘plab uchraydigan kamchiliklar:
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologik hujjatlar bilan ta’minlanmaganligi;
- mahsulotni shu jumladan utillashtirishga mo‘ljallangan va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro (davlatlararo) standartlarda belgilangan talablariga rioya etilmagan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholashda amaldagi standartda belgilangan majburiy talablariga rioya etilmagan holda tekshirish va sinash ishlarini olib borilmasligi;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni amalga oshirishda, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarda belgilangan o‘lchash vositalari bilan ta’minlanmaganligi, ularning holati qoniqarsizligi va belgilangan tartibda tekshirilmagan holda foydalanish;
- mahsulotni ishlab chiqish va o‘zlashtirishda mahsulot namunalarini (etalonlarni) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan holda ishlab chiqarishni tashkil etish;
- majburiy tarzda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilmagan holda ishlab chiqarish va realizatsiya qilinishi;
- me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar hamda texnologik jihozlar va uskunalar bilan to‘liq ta’minlanmagan holda ishni tashkil etish;
- mahsulotni ishlab chiqarishda texonologik intizomga rioya qilinmagan holda ishlab chiqarishni tashkil etish;
- mahsulot sifatini ta’minlash tizimini yaratilmaganligi, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati ustidan ichki nazoratni tashkil etilmasligi;
- ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) rioya qilinmasligi;
- transportning texnik holatini amaldagi standartlar va metrologiya qoidalariga nomuvofiqligi hamda transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilinmagan holda ishni tashkil etish;
- mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari amaldagi standartlarda belgilangan majburiy talablariga va qoidalariga rioya etilmasligi;
- mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda standartlashtirishga doir normativ xujjat bilan ta’minlanmaganligi;
- ta’mirlangan mahsulotlar (xizmatlar), texnologik jihozlar va texnologik intizomga rioya etilmasligi.
Tekshirishlar davomida nazorat ostidagi sub’ektlar faoliyatida ko‘plab uchraydigan kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar:
- mahsulotni ishlab chiqish (loyihalash) va o‘zlashtirishda xalqaro standartlarda belgilangan talablariga to‘liq rioya etilgan holda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholashda amaldagi standartda belgilangan majburiy talablariga to‘liq rioya etilgan holda tekshirish va sinash ishlarini amalga oshirish;
- mahsulotni tekshirish, sinash va sifatini baholash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni amalga oshirishda, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarda belgilangan o‘lchash vositalari bilan ta’minlash, ularning ishchi holati ustidan doimiy ravishda ichki nazoratni amalga oshirib borish va belgilangan tartibda tekshirilgan holda foydalanish;
- mahsulotni ishlab chiqish va o‘zlashtirishda mahsulot namunalarini (etalonlarni) belgilangan tartibda ishlab chiqishni tashkil etish;
- majburiy tarzda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sertifikatlashtirilgan holda ishlab chiqarish va realizatsiya qilinishini tashkil etish;
- me’yoriy, konstruktorlik, texnologik va tovarga qo‘shib yuboriladigan hujjatlar hamda texnologik jihozlar va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda ishni tashkil etish;
- mahsulotni ishlab chiqarishda texonologik intizomga to‘liq rioya qilingan holda ishlab chiqarishni tashkil etish;
- mahsulot sifatini ta’minlash tizimini yaratish, mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati ustidan ichki nazoratni o‘rnatilgan holda ishni tashkil etish;
- ishlab chiqarilayotgan, tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish, sinash, saqlash, qayta ishlash jarayonlariga (ish tartibi, tartibotiga) to‘liq rioya qilingan holda ishni tashkil etish;
- transportning texnik holatini amaldagi standartlar va metrologiya qoidalariga muvofiq hamda transportni ta’mirlash va texnikaviy xizmat ko‘rsatish vaqtida standartlar talablari va qoidalariga rioya qilingan holda ishni tashkil etish;
- mahsulotni ishlatish (iste’mol qilish) sharoitlari amaldagi standartlarda belgilangan majburiy talablariga va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirish;
- mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda standartlashtirishga doir normativ xujjat bilan ta’minlash;
- mahsulotni, texnologik jihozlarni ta’mirlashda (ta’mirlash xizmatlarini amalga oshirishda), standartlarning talablariga to‘liq rioya etish va texnologik intizomga rioya etish;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotni sifatini baholashda tadbikorlik sub’ektlari rahbarlari tomonidan bu ishlarni tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan mas’ul xodimlarni tayinlash va ularni malakasini doimiy ravishda oshirib borish.