Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Nizomni yuklab olish (pdf, 20 Kb)

 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining
2015 yil “_21_”_12_dagi _2_ - sonli
majlisi bayoniga asosan ma’qullangan

 

“O‘zstandart” agentligining 
2015 yil “_29_” __06___dagi
_319_ - sonli buyrug‘iga 
ilova

 

Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida
“O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari
faoliyatini baholash mezonlari to‘g‘risidagi
NIZOM


Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinshni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 yanvardagi “Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomilariga muvofiq ishlab chiqilib, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida “O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (keyinchalik matnda – hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlarida (ishlab chiqarish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish va savdo sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi) profilaktika ishlari ular tomonidan amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tushuntirish hamda ushbu sub’ektlar tomonidan yuqorida qayd etilgan amaldagi qonunchilikda belgilangan talablarini buzilishini oldini olish, ular faoliyatidagi kamchiliklarni tekshirish o‘tkazishgacha bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlari hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar kuni», seminar va boshqa tadbirlar orqali yoki “Ishonch telefonlari”, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali o‘tkazilishi mumkin.
Hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi hamda ularning samaradorligi quyidagi tartibda baholanadi:
I. Tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi.
II. Profilaktika ishlarining samaradorligi.
III. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyatini baholash.


I. Tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha.
Hududiy boshqarmalarda tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
1. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qonunchiligiga doir qonun hujjatlari talablarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida qilingan chiqishlar soni:

  • televideniye, radio va matbuotda qilingan chiqishlar soni har bir hududiy boshqarmaga o‘rtacha 5 ta va undan ko‘pni tashkil etgan bo‘lsa – 5 ball;
  • televideniye, radio va matbuotda qilingan chiqishlar soni har bir hududiy boshqarmaga o‘rtacha 3 tadan 5 tagachani tashkil etgan bo‘lsa - 3 ball;
  • televideniye, radio va matbuotda qilingan chiqishlar soni har bir hududiy boshqarmaga o‘rtacha 3 tadan kamni tashkil etgan bo‘lsa - 1 ball.

2. «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlarini tashkil etish orqali profilaktika ishlarini o‘tkazish:

  • tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» orqali qabul qilingan murojaatlarning 70 foizidan ko‘pi yechimini topgan bo‘lsa - 5 ball;
  • tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» orqali qabul qilingan murojaatlarning 30 foizidan 70 foizigacha yechimini topgan bo‘lsa - 3 ball;
  • tashkil etilgan «Ochiq eshiklar kuni» orqali qabul qilingan murojaatlarning 30 foizigacha yechimini topgan bo‘lsa - 1 ball.

3. Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida seminar, tushuntirish ishlari va davra suhbatlari tashkil etilishi orqali profilaktika ishlarini o‘tkazilishi:

  • tashkil etilgan seminarlarda tadbirkorlik sub’ektlarining 50 foizidan ortig‘i qamrab olingan bo‘lsa - 5 ball;
  • tashkil etilgan seminarlarda tadbirkorlik sub’ektlarining 20 foizdan 50 foizigacha qismi qamrab olingan bo‘lsa - 3 ball;
  • tashkil etilgan seminarlarda tadbirkorlik sub’ektlarining 20 foizgacha qismi qamrab olingan bo‘lsa - 1 ball.

4. Tadbirkorlik sub’ektlarining hududiy boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlari talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan ta’minlanishi:

  • tadbirkorlik sub’ektlarining 75 foizdan ortiq qismi tarqatma materiallar bilan ta’minlangan bo‘lsa – 5 ball.
  • tadbirkorlik sub’ektlarining 50 foizdan 75 foizgacha qismi tarqatma materiallar bilan ta’minlangan bo‘lsa – 3 ball.
  • tadbirkorlik sub’ektlarining 50 foizigacha qismi tarqatma materiallar bilan ta’minlangan bo‘lsa – 1 ball.


II. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi.

5. Tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatda bartaraf etilishi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi darajasi:

  • hisobot davrida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda agentlik vakolati doirasidagi amaldagi qonunchiligi buzilishi aniqlangan tadbirkorlik sub’ektlari soniga nisbatan kamchiliklarni bartaraf etish darajasi 81 foiz va undan yuqori bo‘lsa - 5 ball;
  • hisobot davrida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda kamchiliklarni bartaraf etish darajasi 60 foizdan 80 foizgacha bo‘lsa - 3 ball;
  • hisobot davrida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda kamchiliklarni bartaraf etish darajasi 60 foizdan kam bo‘lsa – 0 ball.

6. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshirishlar sonining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi.

  • rejadan tashqari tekshirishlar soni kamaygan bo‘lsa - 5 ball;
  • rejadan tashqari tekshirishlar soni o‘zgarmagan bo‘lsa - 3 ball;
  • rejadan tashqari tekshirishlar soni oshgan bo‘lsa – 0 ball.

7. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan rejali tekshirishlar natijalari tadbirkorlarning tugatilish darajasiga olib kelmasligi.
Oxirgi bir yil davomida tekshirish o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlaridan:

  • tugatilgan tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lmasa - 5 ball;
  • 2 tagacha tadbirkorlik sub’ektlari tugatilgan bo‘lsa - 3 ball;
  • 3 tasi va undan ortiq sub’ektlar tugatilgan bo‘lsa – 0 ball.

8. O‘tkazilgan tekshirishlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qonunchiligi buzilishi holatlari kamayishiga erishish:

  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 foizdan ko‘pga kamaygan bo‘lsa – 5 ball;
  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizdan ko‘pga kamaygan bo‘lsa – 3 ball;
  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizgacha kamaygan bo‘lsa – 1 ball.

9. Hududiy boshqarmalari faoliyati ustidan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kelib tushgan shikoyatlar sonining o‘zgarishi:

  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 foizdan ko‘pga kamaygan bo‘lsa – 5 ball;
  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizdan 70 foizgacha kamaygan bo‘lsa – 3 ball;
  • o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35 foizgacha kamaygan, kamaymagan yoki oshgan bo‘lsa – 1 ball.


III. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyatini baholash.
Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyati har chorak yakuni bilan “O‘zstandart” agentligining Standartlashtirish, davlat nazoratini muvoiflashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi tomonidan ilovadagi jadval shaklida umumlashtirish yo‘li bilan baholanib boriladi.
Baholash natijalariga ko‘ra eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan hududiy boshqarma boshlig‘i va mas’ul xodimlariga tegishli choralar belgilanishi hamda eng yaxshi natijalarga erishgan va yuqori baho olgan hududiy boshqarma boshlig‘i va mas’ul xodimlariga rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi mumkin.
“O‘zstandart” agentlik tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalari bo‘yicha ilovadagi jadval shaklida ma’lumot va eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborot har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ishchi organiga yuboriladi.