E'LON! Koronavirus pandemiyasi tufayli “O'zstandart” agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlarining aksariyat qismi masofadan ishlashga o'tkazilganligi munosabati bilan, jismoniy va yuridik shaxslarning og'zaki murojaatlarini ishonch telefoni hamda koll-markaz orqali qabul qilish vaqtincha 2020 yilning 31 may kuniga qadar to'xtatilganligi, shu sababli faqatgina yozma yoki elektron shakldagi murojaatlar uzst@standart.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinayotganligi ma'lum qilinadi.