Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi


FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘riladigan ta’sir choralari va ularning qo‘llanilishi belgilangan qonun hujjatlari
R O‘ Y X A T I

1. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘riladigan ta’sir choralari: 
- mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
- mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni ishlab chiqarish, sotish (yetkazib berish) va ishlatish, saqlash, foydalanish jarayonida standartlarning majburiy talablari buzilganligi aniqlansa, ularni bartaraf etish haqida yozma ko‘rsatma berish;
- mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarishga tayyorlash, uni tayyorlash, sotish (yetkazib berish, sotish), foydalanish, saqlash, transportda tashish va foydali tarzda ishlatish bosqichlarida standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
- standartlar, sertifikatlashtirish va metrologiya qoidalarining buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini va yakka tartibdagi tadbirkorlarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish chorasini qo‘llash;
- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda o‘n ish kunigacha uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalarni o‘n ish kunigacha berish;
- standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni o‘n ish kunigacha taqiqlash;
- xo‘jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni o‘n ish kunigacha man qilish;
- normativ hujjatlari bo‘lmagan mahsulotni ishlab chiqarishni o‘n ish kunigacha taqiqlash;
- davlat sinovidan, metrologik attestatsiyadan o‘tmagan, tekshirilmagan yoki tuzatilmagan o‘lchov vositalarini muomalaga chiqarishni va qo‘llashni to‘xtatish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bunday vositalarni muomaladan chiqarish zarur bo‘lganda ularni muomaladan olish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
- o‘lchov vositalarini ishlab chiqarish va tekshirish ishlarini bajarish huquqini beruvchi “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini olmagan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlarni o‘n ish kunigacha to‘xtatish;
- muvofiqlik belgilari va muvofiqlik sertifikatlarini bekor qilish va amal qilish muddatini to‘xtatish;
- tekshirish qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda ishlatilayotgan o‘lchov vositalarini yalpisiga bir vaqtda tekshirishni tayinlash va tekshirishlar o‘rtasida qisqartirilgan oraliqlarni tayinlash, nuqsoni talab darajasidagi aniqlik bilan baholanmagan o‘lchash natijalaridan foydalanishni o‘n ish kunigacha taqiqlash.

2. O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘riladigan ta’sir choralari qo‘llanilishi belgilangan qonun hujjatlari:
- O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi;
- O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risida”gi Nizom.