Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etgan va sertifikatlashtirilgan korxonalar uchun bir qator imtiyozlar belgilangan. Ushbu korxonalarga soliq imtiyozlari qo‘llanilib, tender savdolarida ustunlik berilmoqda.
AMALDAGI IMTIYoZLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 356-modda. 
Hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza quyidagilarga yo‘naltirilgan mablag’lar summasiga kamaytiriladi:
yangi texnologik asbob-uskunalar olishga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga;
laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish uchun komplekslar olishga, biroq soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga.
Soliq solinadigan bazani kamaytirish yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik asbob-uskuna bo‘yicha esa - u foydalanishga topshirilgan paytdan boshlab besh yil ichida amalga oshiriladi;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-son Qarori 7-bandi:
Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag’larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tatbiq etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 349-son Qarori 5-bandi:
Sinov laboratoriyalariga ega bo‘lgan korxonalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq laboratoriyada tekshirish va test sinovidan o‘tkazishda foydalaniladigan texnologiya jihozlari, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni chetdan keltirishda, agar ularni yetkazib berish texnologiya jihozlari yetkazib berish uchun tuzilgan kontrakt shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 173-son qarori 5-bandi:
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar xarid qilish yuzasidan tender savdolari o‘tkazishda boshqa teng shart-sharoitlarda ustunlik sifatni boshqarishning sertifikatlashtirilgan tizimiga ega bo‘lgan mamlakatimiz mahsulot etkazib beruvchilariga beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Nizomning 12-bandi:
Xalqaro standartlar bo‘yicha sifat tizimini joriy qilgan, shuningdek eksportbop mahsulot turlarini ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi korxonalar, mahalliylashtirish dasturiga kirishda, yuqoridagi mezonlarga muvofiq keladigan loyihalar bo‘yicha afzallika ega.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 iyulda 2697-son bilan ro‘yxatga olingan «Tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 5-bandi:
Nizom 1-bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan korxonalar tomonidan mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimini joriy etish, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.