Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish, u kishining el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk xizmatlarini munosib davom ettirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunda Prezidentimizning joriy yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.