“O‘zstandart” agentligi tizimidagi mavjud laboratoriyalarni modernizatsiyalash, sinov bazalarini takomillashtirish uchun 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida 4,1 mlrd. so‘mlik 35 dona zamonaviy sinov uskunalari xarid qilindi. Buning natijasida laboratoriyalarda qo‘shimcha 140 dan ziyod sinov usullari amaliyotga joriy etildi.