Yangiliklar



Metrologik xizmatlar sifati ortadi

Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali xodimlari ishtirokida hududlarda yangi xizmatlarni joriy etish yuzasidan mavjud texnik imkoniyatlar tahlil qilindi.
 

O‘zbekiston Milliy Matbuot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida Agentlik huzuridagi Departament tomonidan olib borilayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish DP Fraksiyasi a’zolari bilan "O‘zstandart" agentligi rahbariyati va tizim tashkilotlari mas’ullarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz miqyosida 140 ta ishlab chiыarish korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy etildi. Shu bilan birga 144ta muvofiqlik sertifikatlari ham rasmiylashtirildi

“O‘zstandart” agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

“O‘zstandart” agentligi va Milliy matbuot markazi hamkorligida navbatdagi matbuot anjumani “ Sof o‘lchashlar taraqqiyot kafolati” mavzusida tashkil etildi.
 

Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi deputatlari aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash, va tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edilar.
 

Prezident yangi qonunni imzoladi

«O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.

Mahsulotning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot mahsulotni o‘ramlarga qadoqlash jarayonida qadoqlovchi tomonidan belgilanadi. Bu jarayonda qadoqlovchi tomonidan mahsulot miqdori qadoqda ko‘rsatilgan o‘rtacha qiymatdan, masalan 3 foiz, ataylab yoki tasodifan kam solingan taqdirda ishlab chiqaruvchining noqonuniy foydasi yoki iste’molchi ko‘radigan zarari, ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladigan yillik daromaddan bir necha barobar yuqori miqdorni tashkil etishi mumkin.
 

ISO 2018 Global statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan 878664 ta ISO 9001 va 32120 ta ISO 22000 muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
 

Yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan O‘zbekistonimiz jahon hamjamiyati e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda inson manfaatlari, qadr-qimmati tiklanib, millatlaro totuvlik, diniy bag‘rikenglik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamlanib bormoqda.
 

Metallurgiya mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament respublikamizning metallurgiya tarmog‘i tomonidan 2015 yilda ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 5 yil mobaynida metallurgiya mahsulotlari uchun (yuqori mustahkamlikdagi prokat, metallkonstruksiya uchun prokat, katanka, armaturalash uchun sim, varaqli prokat) yangi standartlar qabul qilindi.
 

Insoniyat uchun o‘lchashlar doimo muhim bo‘lib kelgan. Ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini o‘lchovlarsiz tasvvur etib bo‘lmaydi. Metrologik aniq o‘lchashlar umuminsoniyat turmush tarzini rivojlantirishi, hayot farovonligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
 

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyatidagi ustivor vazifalar hamda mahsulot sinovlarini o‘tkazishda laboratoriyalarining imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
 

Sarguzasht –bu hayotning ajoyibotlarga boyligi bo‘lsa, inson boshqa mamlakatlarga safari davomida qiziqarli voqea-hodisalarga duch keladi. Gap turizm haqida ketganda, unitilmas va foydali tajriba bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, xatarlar mavjud bo‘lgani sabab ushbu xatarlarni kamaytirish bir qator maxsus ISO standartlarining markazida turadi. ISO yetakchilar sakrash jarayonida o‘zlarining xavfsiz qo‘llarda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun so‘nggi versiyasini qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyuldagi 451-son qarori (https://lex.uz/docs/4909963) bilan “Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.

“O‘zstandart” agentligi va uning tizim-tashkilotlari faoliyatida birlamchi vazifa iste’molchilarnining manfaatlarini ta’minlash hamda ularni sifati kafolatlanmagan mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.

Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etilgan Islom Mamlakatlarining Standartlar, Metrologiya Instituti (SMIIC) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda OIC/SMIIC standartlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Ushbu tashkilot 1999 yil 7 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, a’zo davlatlar soni 42 tani tashkil etadi.
 

“O‘zstandart” agentligi tizimidagi Departament va uning hududiy bo‘linmalari hamda Akkreditatsiya markazi xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
 

Sarsabil bozori juda tez rivojlanib, dunyoda tobora ommalashib borayotgan ekinga aylanmoqda. Savdo o‘sib borishi bilan sanoatning o‘ziga xos va izchil xususiyatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) sarsabilning sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi xalqaro standart qabul qildi.