Yangiliklar



Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлигида Жаҳон банкининг “Савдо тартибларини соддалаштириш” дастури доирасида экспертлар билан учрашув ўтказилди. 

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Pokiston Islom Respublikasi Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi oʻrtasida onlayn-muloqot tashkil etildi.

 

 

O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari eksport salohiyatiga ega bo‘lgan Qorao‘zak tumanidagi "PANAEV FARMS” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdilar.

Agentlikning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmalari hamkorligida buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan ikki buyuk daholar Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlarining 540 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi 5-umumta’lim maktabida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati” bo‘lib o‘tdi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning tarqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi halqaro tajribani o‘rganish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatlar o‘rtasida muvofiqlikni baholash tizimini tan olish bo‘yicha Polsha Akkreditatsiya Markazi bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Mahsulotlarning xorijiy davlatlarda raqobatbardoshligini va eksport salohiyatini oshirish hamda koʻlamini kengaytirish, yuzaga kelayotgan texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda, tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarishda va xizmat koʻrsatishda xalqaro standartlarning oʻrni katta.

Alisher Navoiy oʻzining boy maʼnaviy merosi, oʻlmas asarlari, nodir devonlari, betakror gʻazal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qoʻshgan.

Surxondaryoda Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi.

Navoiyga ehtirom ko‘rsatildi

Agentlik tizim tashkilotlarining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmalari hamkorligida buyuk mutafakir shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot natijasiga koʻra, kelgusi xafta Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) tashkilotining IECEE-IECRE muvofiqlikni baholash tizimi boʻyicha ijrochi kotibi Volfram Zeyts va Aristeya Kiriakati bilan uchrashuv oʻtkazishga kelishildi.

Mamlakatimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Buyuk Britaniyaning “Sustainable Leather Foundation” tashkiloti o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari hamda  Latviya ekspertlari oʻrtasida soha yoʻnalishidagi muhim mavzular yuzasidan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining  topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Sifat Sertifikatlashtirish Markazi  (China Quality Certification Centre) bilan muloqot olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Bangladesh Respublikasiga tashrifi yakunlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 13-yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”dagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 27 yanvar kuni URS BANGLADESH muvofiqlikni baholash idorasi expertlari Jahidul Kabir, Ankur Sangal, Abu Sufian Mahbubur Rashid bilan trening-seminar o'tkazildi.

Yangi akkreditatsiya yo‘nalishlari

Ayni vaqtda O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O’zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan “2022 yil sarhisobi va 2023 yilga rejalar. Yangi akkreditatsiya yo‘nalishlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvda “UK GSP Enhanced Framework” Умумий имтиёзлар тизими, Britania Standartlar Instituti (BSI), Britania Milliy Metrologia Instituti (NPL), Britania Akkreditatsia Hizmati (UKAS), “Teri ishchi guruhi” (LWG) va “Barqaror terichilikni rivojlantirish tashkiloti” (SLF) bilan hamkorlikni yangi bosqichlarga olib chiqish masalari ko’rib chiqildi.

Agentlik masʼullari mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Fransiyaning “Groupe Casino” savdo tarmogʻining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha menejerlari Devid Gau, Yervan Xuard va Rashid Boudua bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.Agentlik masʼullari mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamkorligida Fransiyaning “Groupe Casino” savdo tarmogʻining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha menejerlari Devid Gau, Yervan Xuard va Rashid Boudua bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departamentning Farg‘ona bo‘limi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi viloyat bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi yosh tadbirkorlar uchun sohalar yuzasidan seminar o‘tkazildi.