O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida chiqindilarning tabiat musaffoligi va inson salomatligiga ta’sirining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Insonning xo‘jalik faoliyati va sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilarning tabiiy muvozanatga va aholi salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish global ekologik muammolardan biridir. Mamlakatimizda bu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy va amaliy mexanizmlari yaratilgani barqaror rivojlanish omili bo‘layotir.