Yangiliklar



“O‘zstandart” agentligi elektrotexnika va avtotransport vositalarining xavfsizlik parametrlari va elektromagnit moslashuvchanligini to‘la baholashni ta’minlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning “EXPORTA” kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 3,8 mln.yevro qiymatdagi xalqaro bank kreditlarini o‘zlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, joriy yil 1 maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

“O‘zstandart” agentligi tizimiga qarashli hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tgan yillar davomida sinov laboratoriyalarni rivojlantirish uchun jami 4,1 mlrd.so‘mlik 38 dona sinov uskunalari bilan birga 4,6 ming Yevroga standart namunlari xarid qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlashga o‘rgatish iqtisodiy ma’noga ega. Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiyot xodimlar salomatligini yaxshilash, gender tenglikni targ‘ib qilish, moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu tizimda ish sifatini yaxshilashga erishiladi.

“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan eksportyor korxonalar faoliyati o‘rganilib, ularning muammolariga amaliy ko‘mak berilmoqda.

“O‘zstandart” agentligi hozirgi kunga qadar xalqaro «Global G.A.P.» standarti talablariga muvofiq meva-sabzavot yetishtiruvchi mahalliy 39 ta korxonalarga sertifikatlar rasmiylashtirdi.

Elektrotexnika sohalarini rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi ko‘magi bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Energetika vazirligi, Standartlar instituti, “UZKABEL” AJ QK, “TOPFIN result” MChJ, “O'zelektroapparat-Electroshield” AJ, “O‘zenergosozlash” MChJlar Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) texnik qo‘mitalari (quyida ilova qilinadi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro tajriba Yevropa bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda GLOBALG.A.P sertifikati muhim ekanligini ko‘rsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tayyorlangan maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda GLOBALG.A.P. tizimi tomonidan dunyoning 124 dan ziyod mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar sertifikatlangan, ushbu sertifikatga ega xo‘jaliklarning umumiy soni 170000dan oshadi.

Bugungi kunda koronavirus pandemiyasi butun dunyoni og‘ir sinovdan o‘tkazmoqda. Koronavirus COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, joriy yilning 7 aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasining Standartlashtirish tashkilotidan tibbiy yuz niqoblari va himoya kiyimlari (qo‘lqop, xalat) uchun ishlab chiqilgan 23 ta standart  olindi.

“O‘zstandart”  agentligida “GLOBAL GAP” tashkilotining O‘rta Osiyo, Latviya va Evropa mintaqasi koordinatori E.Strazdina bilan onlayn muloqot tashkil etildi.

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament xodimlari tomonidan yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, va karantin sharoitida  tadbirkorlik sub’ektlariga onlayn telefon va internet vositalari orqali profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ular zarur bo‘lgan standartlar bilan bepul ta’minlanmoqda.

“O‘zstandart” agentligi amaliyotga kiritiladigan yangi standartlarni faqat xalqaro standart, me’yor va qoidalarga yoki xorijiy mamlakatlarning ilg‘or standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda qabul qilishga e’tibor qaratmoqda.

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish yuzasidan e’lon qilingan karantin munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator qulayliklar yaratdi. Jumladan, Agentlik va Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida qo‘shma qaror qabul qilindi.

Avval xabar berilganidek, «O‘zstandart» agentligi va Amerika Qo‘shma Shtatlarining ASTM International tashkilot bilan Xamkorlik Bitimi imzolanib, Bitim doirasida o‘n uch (13000) mingdan ziyod AQSh standartlarini bepul olish va texnik qo‘mitalarda qatnashish imkoniyati yaratildi.

Standartlar qabul qilinmoqda

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilda respublikamizda 2796 ta yangi standartlar qabul qilinib, ulardan 2744 tasi (98,1 %) xalqaro standart, me’yor va qoidalar bilan uyg‘unlashgan.

Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va Yevropa Standartlashtrish tashkilotlari (CEN va CENELEC) COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy asboblar va shaxsiy himoya vositalariga oid bir qator xalqaro standartlarni bepul taqdim etishga qaror qildi.

Tibbiyot xodimlari bemorlarga burun va og‘izlaridan mikroblarni yuqishini oldini olish hamda o‘zlarini infeksiyadan himoya qilish uchun yuz niqoblarini kiyishadi. Ular kiygan kiyimlar va xalatlar xam tibbiyot xodimlari va bemorlarni, shuningdek, operatsiya paytida ishlatiladigan pardalarni kasallikning tasodifiy yuqishidan himoya qiladi.
 

“O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish va tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida, tashkilot standartlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lovlarni maxsus jamg‘arma hisobidan to‘lab berilishi hisobiga bepul ekspertiza qilish yo‘lga qo‘yildi.

Tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga

Ơzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qơmitasi va Ơzbekiston standartlashtirish, metrologi  va sertifikatlashtirish agentligi “Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son Farmoni ijrosini ta'minlash haqida”gi qơshma qarori imzolandi. 

“O‘zstandart” agentligi, Akkreditatsiya markazi bilan hamkorlikda mahsulotlarning muvofiqligini baholash ishlarining o‘z vaqtida, sifatli va samarali o‘tkazilishini ta’minlash hamda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar ushbu ishlar bo‘yicha vujudga kelishi mumkin bo‘lgan texnik to‘siqlarni kamaytirish maqsadida, “Mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi” Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi