O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2024 yildagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-41-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 29.02.2024 y. Vazirlar Mahkamasining idoraviy bo‘ysunishiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini jadal rivojlantirish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish hamda sohani xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo respublika kengashi tashkil etildi.
“O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizom” "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 114-son Qarori bilan tasdiqlangan.
Agentlik huzurida quyidagi kollegial organlar tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda:
- O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Hay’ati. Hay’at tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan:
- O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashi. Apellyatsiya kengashining tarkibi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining 2022-yil 2-noyabrdagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.