Yangiliklar



Namanganda Sayyor qabul.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov 2018 yilning 4-6 yanvar kunlari Respublikamizning Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘ylab bir necha Sayyor uchrashuvlarni o‘tkazdi.

«Derin Ekonomi» jurnalining sharhlovchilari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan jahonning birinchi o‘n nafar yetakchisi ro‘yxatiga kiritdilar, deya xabar bermoqda «Jahon» AA. 

2017-yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida bugungi kunda bironta ham hududda sog‘liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qiladigan darajada tashkil etilmaganini tanqidiy tahlil qilib, Qonunchilik palatasi o‘z ish faoliyatida asosiy e’tiborni tizimdagi ana shu muhim muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etishga qaratishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan edi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari Qonunchilik palatasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha alohida qo‘mita tashkil etib, uning a’zolari asosan hududlarda faoliyat ko‘rsatishi taklifini bildirgan edi.

Bugun “O‘zstandart” agentligida joriy yil yakunlari hamda yangi 2018 yilda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasida navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Respublika SSM” DK sinov laboratoriyalari majmuasi faoliyatini yaxshilash maqsadida, yangi va zamonaviy, KMH-2031S rusumidagi klimatik kamera sinov uskunasi xarid qilindi va foydalanishga topshirildi. Sinov laboratoriyalarining bu kabi yangi va zamonaviy sinov jihozlari bilan ta’minlanishi natijasida o’tkazilayotgan sinovlarning sifati oshadi, sinov doirasining kengaytirilishiga imkoniyat yaraladi va mutaxassis hodimlarning sinov ishlari borasidagi natijadorligi oshadi.

“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Halol” standartini joriy etishning ahamiyati va xalqaro savdodagi o‘rni” mavzusida xalqaro o‘quv seminari tashkil etildi.

“2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligining faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi. Dastur asosida quyidagi ishlar bajarildi.

Respublikamizda 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida ko‘pgina ishlar bajarildi. Buning natijasida mamlakatimizda ta’limda uzliksiz tizim yaratilib, farzandlarimiz maktabgacha yoshidan boshlab, ta’limning barcha bo‘g‘inlari bilan to‘liq qamrab olindi.

Dildagi gaplar.

Inson qachon o‘z hayotidan mamnun bo‘ladi? U qachonki, kundalik turmush tarzida muammolari bo‘lmasa. Oilasi, Vatani tinch bo‘lsa, farzandlari esa salomat bo‘lsa. O‘ylagan barcha ezgu-maqsadlari ro‘yobga chiqishiga ishonsagina hayotdan rozi bo‘ladi.

Beruniyda Sayyor uchrashuv.

Qadimiy va hamisha navqiron, insoniyat tarixida ma’lum va mashhur alloma sanalgan Abu Rayhon Beruniydek ulug‘ allomaga beshik bo‘lgan zamin chindanda insonni o‘ziga maftun etadi.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan Xalq bilan muloqot qilishning eng maqbul usuli bo‘lgan Sayyor uchrashuvlarni joylarda ko‘proq o‘tkazishda davom etadi.

Xalqimizda “tarozining ikki pallasi teng bo‘lsin” degan hikmatomiz gap bejizga aytilmagan. Buning tub zamirida esa, sotuvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi adolat mezonlarining bir me’yorda bo‘lishi nazarda tutilgan.

Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi samarali bo‘ldi. Xususan, Orolbo‘yi mintaqasida iqtisodiyot tarmoqlarini, qishloq xo‘jaligini yanada taraqqiy ettirish orqali aholi turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar belgilab olindi. 

Hamkorlik istiqbollari kengaymoqda.

“O‘zstandart” agentligi “O‘zMMI” DK mutaxassislari 2017 yil 3 dan 9 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi, Gebzeda va “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorligida TÜBİTAK UME o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi asosidagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida o‘z malakalarini oshirib, tajriba almashdi.

Joriy yilning 14 dekabr kuni, “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan “Eksport qilinadigan mahsulot tamg‘asiga tushiriladigan, tovar belgisi. Asosiy qoidalar” davlat standarti loyihasi ko‘rib chiqmoqda.

Aytish joizki, o‘z poyoniga yetib borayotgan yilda «O‘zstandart» agentligi O‘zbekiston Milliy Matbuot markazida deyarli har oyda bir marotiba Ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumanlarini tashkil etdi.

Ma’lumki 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni.

Tarozi, undan iste’molchi rozimi?

Dehqon bozorlarda foydalanilayotgan o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida” gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘rsida” gi qarori 1-ilovasi 15-bandlariga asosan davlat metrologik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim.

E’tirof

“O‘zstandart” agentligi Sirdaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va Sirdaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazining bir guruh xodimlari bayram arafasida Prezidentimiz tomonidan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.