Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi.

Bugungi kunda mahsulot sifatiga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidanda ko‘proq kuchayib bormoqda. Birinchi navbatda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va shu bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tashqi bozorlarda ham raqobatbaroshligini oshiriga e’tibor qaratilmoqda.

Tahlil va natijalar ko‘lami

“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan davr mobaynida laboratoriyalarga 230 ta zamonaviy jihoz xarid qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joylarda yangidan 38 ta muvofiqlikni baholash idoralari akkreditatsiya qilinib, 28 ta muvofiqlikni baholash idorasining akkreditatsiya doirasi kengaytirildi. Paxtakor, Mirzacho‘l va Chust tumanlarida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. 

Hurmatli fuqarolar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. 
 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Davlat veterinariya qo‘mitasining huquqiy asosi bo‘ldi. 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “2017 yilda aholi bandligi dasturi” ijrosining borishi to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. 

 

Yurtimizning tuprog‘i oltinga teng. Buni eksportga jo‘natilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining tobora ortib borayotgani ham ifodalab turibdi. 

1 oktabr Ustoz va murabbiylar kuni

Aziz ustozlar!

Sizlarni ustoz va murabbiylar kuni bilan "O'zstandart" agentligi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Biz uchun Sizning mehribon qalbingiz, bitmas sabringiz, o‘z ishingizga fidoyiligingiz va shogirdlaringizga bo‘lgan cheksiz muhabbatingiz qadrlidir.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, ruhiy tetiklik, mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar, hayotning har jabhasida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Hozirgi vaqtda Andijon viloyatida avtomobilsozlik korxonalari uchun 2000 ga yaqin nomdagi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan 125 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

"O‘zstandart" agentligi Qoraqalpog‘iston sinov va sertifikatlashtirish markazi» DK yangi zamonaviy laboratoriyasi binosini qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifida berilgan topshiriqlari ijrosi bo‘yicha dastur doirasida amalga oshirildi.

Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga moslik darajasi, shuningdek, respublikamizning sinov va o‘lchash laboratoriyalari moddiy-texnika bazasining holati hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida 25 sentyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Toshkent shahrida “Hamkorlikning yangi ufqlari” mavzuida O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmonlarining forumi bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yurtdoshlarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishladi. Bu mazkur tashrif anchadan buyon kutilgani, Prezidentimizning nutqi odamlarning qalbidan, tafakkuridan chuqur joy olganidan dalolat. 

Mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, xalq bilan muloqot,inson manfaatlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlarimizning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yilayotgani, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga berilayotgan e’tibor har birimizni befarq qoldirmaydi.