Ishtirokchilar xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlashmoqda.
Ishtirokchilar xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlashmoqda.
Respublikamizning nufuzli Ommaviy axborot vositalarining xodimlari qatnashgan mazkur anjumanda “Mamlakatimizda mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy labaratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish va muvofiqligini baholash organlarini akkreditatsiyalashning dolzarbligi” mavzui yuzasida ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashuvlari rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirildi.
Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Tekstillegprom – 2017» halqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Hozirda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan hamda jahonning ko‘plab davlatlariga “Made in Uzbekistan” muhri bilan eksport qilinayotgan har bir mahsulotimizning sifat jihatdan halqaro standart talablariga javob berishi ularning jahon bozoriga tez kirib borishi va raqobatbardoshliligini ta’minlashga asos bo‘lmoqda. Bu esa mamlakatimizda jahon andozalari asosida mahsulot ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularga keng imkoniyat va imtiyozlar berilayotganidan dalolatdir.
Energetika tizimining ishonchli faoliyat ko‘rsatishi hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi tarmoqlar tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ulardagi yuqori malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Donishmand bobolarimiz, farishtanamo momolarimiz har tong shukronalik bilan yurtimizga tinchlik, farovonlik va fayzu-baraka tilab duo qilishlarida katta hikmat bor.
Birgina osoishtalik, hamjihatlik bor joyda albatta taraqqiyot, ertangi kunga yuksak ishonch bo‘ladi.
Bugun “O‘zstandart” agentligi tomonidan Milliy matbuot markazida Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Energiya resurslar (gaz, elektr va suv) hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish, sohada mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali mexanizmlari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida “Ipakchilik muammolari, sohaga nanotexnologiyalarni joriy etish hamda chiqindisiz mahsulotlar ishlab chiqarish” mavzuida olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Dunyoda quvonchu-shodliklar bisyor. Ammo balajonlarning sho‘x-shodon kulgulari, xursandchiliklarini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
O‘tayotgan shukuhli damlar barchamizni muborak bayramlar sari yetaklamoqda. Shu munosabat bilan yurtimizning barcha joylarida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
2017-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar.
“O‘zstandart” agentligi joriy yilning 1 yarim yilligida Respublikamiz korxonalarida ISO 22000 standartini mamlakatimizning 95 ta korxonasiga joriy etish mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.
Xitoy O‘zbekistonning ishonchli va faol sheriklaridan. Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatimizda elektr va gidroenergetika, neft-gaz, kimyo sanoati, havo va temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda 60 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq kompaniya va korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Laboratoriyalarning faoliyati tasdiqlandi
Shu yilning 21-23 avgust kunlari “O‘zstandart” agentligiga Turkiyaning TUBITAK UME va boshqa davlat tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan delegatsiya tashrif buyurdi.
Jizzax viloyatida 2017-yil investitsiya dasturiga asosan 97 milliard 602 million so‘mlik 60 ijtimoiy soha inshooti quriladi.