Yangiliklar



Ustozlarga taʼzim!

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Bekobod filialida faxriy ustozlar, xalq taʼlimi aʼlochilari,shahar hokimligi maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari va Bekobod shahar deputatlar kengashi raisi hamda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali sohibi Alim Toʻychiyev ishtirokida “Mehnati elda aziz Ustozim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Farona viloyati hududiy boʻlinmalari va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi viloyat  boʻlimi va boshqa masʼullar hamkorligida jurnalistlar uchun “Isteʼmolchilar murojatlarida qaysi sohalar boʻyicha muammolar koʻproq koʻtarilmoqda” mavzusida press tur tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro hamkorlik – ILACning toʻla huquqli aʼzosi safiga qabul qilindi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda  Latviya standartlar instituti rahbari K.Milaseviks, ekspertlar I.Pilmanis, S.Vitolina va Latviya Metrologiya instituti rahbari L.Marina, ekspertlar I. Fildmen va R.Zaxarovs bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston standartlar institutida “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasini xalqaro amaliyotga muvofiq salohiyatini kuchaytirish” grant loyihasini amalga oshirish doirasida Latviya Standartlar instituti ekspertlari K.Milaseviks, I. Pilmanis, S.Vitolina ishtirokida oʻquv-seminari tashkil etildi.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining standartlashtirish va metrologiya sohasini xalqaro amaliyotga muvofiq salohiyatini kuchaytirish” grant loyihasini amalga oshirish  doirasida Latviya Standartlar instituti ekspertlari K.Milaseviks (K.Milasevics), I. Pilmanis (I.Pilmanis), S.Vitolina (S.Vitolina)  bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur grant loyiha Oʻzbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasi koʻmagida amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi  “Standartlashtirish sohasida amalra oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish chora-talbirlari toʻgʻrisida” gi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligiga korxona va tashkilotlarning mutaxassislarin oʻqitish topshirigʻi berilgan edi.

Joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari Bolgariya, Xitoy, Turkiya, Serbiya va Latviya davlatlari ekspertlari bilan soha yoʻnalishlaridagi hamkorlik kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

“UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassis xodimlari tomonidan korxona va tashkilotlarda, ayniqsa xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha standart talablari va sertifikatlash qoidalari buzilishiga yul qoʻymaslik va ularning oldini olish maksadida qonunchilik va huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablarining mazmun mohiyati va qonunbuzilishlari oqibatlari boʻyicha tushuntirish, profilaktika ishlari, shuningdek, oʻquv seminarlar olib borilmokda.

Bayramda munosib eʼtibor

Agentlikning tizim-tashkilotlari va hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularidagi madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va «UzTest» markazi Chirchiq filiallarida “Ikki avlod uchrashuvi” ustoz-shogird anʼanalarini mujassam etgan uchrashuv tashkil etildi.

Agentlik va uning tizim-tashkilotlari hamda hududiy filiallarida Mustaqilligimizning oʻttiz bir yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzularida madaniy-maʼrifiy uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazilmoqda.

Agentlikda  Qozogʻiston standartlar va metrologiya instituti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash sohasida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

“Jizzax”maxsus industrial zonasida investitsiya va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari hamda masʼul tashkilotlar hamkorligida viloyatidagi yangi avtomobil zavodini tashkil etish boʻyicha investorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda  «UzTest» markazi, Jizzax filiali mutasaddilari ishtirok etdilar.

OʻzTTSA masʼullari Samarqand viloyati hududiy filiallari rahbarlari bilan birgalikda Samarqand shahridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi    hududiy filialida tadbirkorlikni boshlayotgan xotin-qizlar uchun standartlashtirish, metrologiya, sifat tizimlarini joriy qilish va soha oʻynalishlari yuzasidan seminarda ishtirok etib, mavzu yuzasidan maʼlumot berildi.

Maʼlumki, joriy yilning 13-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan yigʻilishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, 13 ta hududiy agrokimyo laboratoriyasini zamonaviy jihozlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax hududiy boʻlinmasi masʼullari Paxtakor tumanida joylashgan “Paxtakor Teks” korxonasida boʻlib, “OEKO TEX” – 100 xalqaro standartining joriy etish va talablari boʻyicha maʼlumot berdilar. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, «Paxtakor Teks” korxonasi hozirda kalava ip mahsulotlarini Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Italiya davlatlariga eksport qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning oʻttiz bir yilligi munosabati bilan,  Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, va «OʻzTest» markazi Chirchiq filiallari hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

OʻzTTSA masʼullari va Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari Buxoro shahridagi “Buxoro ipak va gilam toʻqish markazi” yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish va mahsulotlarning sifati haqida markaz rahbari Sabina Burxanova maʼlumot berdi.

OʻzTTSA Bosh direktori maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti raisi tizim tashkilotlari Buxoro viloyati filiallari xotin-qizlari ishtirokida “Oila - haqiqiy baxt va halovat qoʻrgʻonidir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Buxoro Davlat universiteti professori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori DSc Guli Toirova ishtirok etdi.