Yangiliklar



ORGANIC EXPO-2022

Joriy yilning 20-22-oktabr kunlari Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi KOICA xalqaro hamkorlik agentligi shuningdek, Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi hamkorligida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi Buxoro hududiy muassasalari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bilan hamkorlikda nazariy va amaliy bilimlar natijadorligini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Jizzax hududiy filiali xodimlari viloyatdagi “Jizzax industrial toʻqima” korxonasi bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Korxona oʻz mahsulotlarini Rossiya davlatiga eksport qilmoqda.

Unda Oliy Majlis Senatorlari va tegishli vazirlik, idoralar hamda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari masʼullari ishtirok etdilar.

 “Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasidagi islohotlar va sifatni taʼminlash” loyihasi  doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Germaniya Federal fizika-texnik instituti ekspertlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, oʻzbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda toʻlaqonli joriy etish hamda faol qoʻllanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda quyi tizimlarida Ishchi guruh tomonidan oʻrganish olib borildi.

Yurtimizda keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.

Ayni damda Oʻzbekiston milliy matbuot markazi hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi hamkorligida “OʻzAKKning” xalqaro darajada tan olinishi va istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi Xitoy Xalq Respublikasi Dori-darmon va sogʻliqni saqlash mahsulotlari importi va eksporti savdo palatasi (XDSSP) bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yetishtirilayotgan qizilmiya ildizi eksporti hajmini kengaytirish maqsadida “Qizilmiya va uning mahsulotlari sanoatining yuqori sifatli rivojlantirishi” boʻyicha onlayn forum tashkil etildi.

Oʻlchashlar inson hayotining ajralmas bir qismidir, ertalab turishimiz bilan soatga qarab vaqtni, atrof muhit haroratini, yoʻlda harakatlanganimizda masofani aniqlaymiz. Hech bir soha yoʻqki unda  oʻlchashlar ishlatilmasa.

Bugun OʻzTTSA tizimidagi Davlat nazorati departamentida “Ustoz va murabbiylar” kuniga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent Davlat Texnika Universitetining professor, oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Uchrashuvda ustoz, murabbiylikning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli tomonlari, yurtimizda ularga koʻrsatilayotgan eʼtibor xususida soʻz bordi.

Sizga taʼzim, aziz ustozlar

Xalqimizda “ustoz otangdek ulugʻ” degan gap  bejiz aytilmagan. Darvoqe, ustoz deganda  inson koʻnglida ehtirom va cheksiz minnatdorlik paydo boʻlib, bu yorugʻ olamda onadek mehribon, otadek gʻamxoʻr,  aziz va muhtaram boʻlgan ulugʻ zot bu-ustoz va murabbiylardir.

Kun yangiligi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “SMIIC” tashkiloti bilan olib borilgan hamkorligi natijasida grant tanlovda xodimlarimiz muvaffaqiyatli oʻtdilar.

Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Chirchiq filiallari masʼullari Toshkent viloyati pedagogika universitetida boʻldilar.

Oʻzbekiston milliy matbuot markazida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamkorligida “Suv hisoblagichlarni davriy qiyoslovdan oʻtkazishdagi muammo va yechimlar” mavzusida matbuot anjumani oʻz ishini boshladi.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat” loyihasi doirasida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiali xodimlari ishtirokida Markaziy Osiyoda qora metallurgiya sanoati boʻyicha toʻngʻichi va mamlakatimizda navli prokat mahsulotlari, poʻlat zoldirlar ishlab chiqaruvchi yagona korxona boʻlgan Oʻzbekiston Metallurgiya kombinatining tarix muzeyida boʻlib, metallurgiya ishlab chiqarish tarixi bilan tanishdilar.

OʻzTTSA masʼullari  Bekobod tumanidagi "XON QIZI“ korxonasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan  tayyor tikuv mahsulotlari “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti talablari asosida toʻliq sinovdan oʻtkazildi va 21 nomdagi mahsulot uchun muvofiqlik sertifikati topshirildi.

Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini kengaytirish va Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish vazifalari ijrosini taʼminlashda Agentlik va uning tizim-tashkilotlari tomonidan bir qator hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Ustozlarga taʼzim!

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Bekobod filialida faxriy ustozlar, xalq taʼlimi aʼlochilari,shahar hokimligi maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari va Bekobod shahar deputatlar kengashi raisi hamda “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali sohibi Alim Toʻychiyev ishtirokida “Mehnati elda aziz Ustozim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.