Yangiliklar



Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan Qarshi muhandislik – iqtisodiyot institutida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali hamda “UzTEST” markazi Qashqadaryo filiali hamkorlikda “Fan va texnikada innovatsion texnologiyalar: fizik yechimlar, metrologik o‘lchashlar hamda elektronika va asbobsozlik muammolari” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy– amaliy anjumani o‘tkazildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 – yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasida asosan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini modernizatsiya qilish hamda sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzilgan.

BMT Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasida Orolboʻyi mintaqasini ekologik va gumanitar inqiroz yuz berayotgan hududdan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish belgilangan.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan 15-19 may kunlari Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Chexiya va Latviya davlatlari ekspertlari bilan soha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O'zTTSA), O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi ( O'ZAKK) va Misr akkreditatsiya kengashi (EGAC)  o‘rtasida muvofiqlikni baholash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Oqdaryo  tumanida joylashgan “Oqdaryo Ipagi” MCHJ korxonasiga joyiga chiqqan holda, korxona vakillari bilan uchrashildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari tomonidan Samarqand viloyati, Ishtixon  tumanida joylashgan “Samarqand Stone Trade Corporation” MCHJ qo‘shma korxonasiga joyiga chiqqan holda, eksportyor korxonalarning muommolari o‘rganildi.

Albatta elektrotexnika mahsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda xizmat qiladi. 2023 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston IECda assotsiatsiyalashgan a’zo maqomini oldi.

O‘zTTSA tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Buxoro viloyati hududiy filiali mas’ullari  Muhandislik texnologiya  institutida  tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, talabalar bandligini ta’minlash va bitiruvchilarni ishga joylashtirish yuzasidan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ayni damda Qarshi shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Matbuot xizmati, tizim tashkilotlari hududiy filial mas’ullari ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Andijon filiali “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” mutaxassislari tomonidan Andijon viloyati Xojaobod tumanida joylashgan “Aser rivoj tekstil” ma’suliyati cheklangan jamiyati mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Davlat nazorati departamenti Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan Karmana tumanida joylashgan mahsus erkin iqtisodiy zonasida joylashgan korxonalarda joyiga chiqilgan holda eksporter korxonalarning muommolari o‘rganildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Jizzax filiali mutaxassislari bugun Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Akmal nur servis” MChJ korxonasida bo‘lib ISO-9001 xalqaro sertifikatini olish uchun tushunchalar berishdi.

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida joylashgan “Betlis Textile” qo‘shma korxonasida  tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Kuni kecha mazkur yangi korxona masʼullari bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” davlat muassasasi Jizzax filiali mutaxassislari oʻrtasida muzokara oʻtkazildi.

Milliy seminar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida joriy yilning 2-may kuni Toshkent sh, Xilton mehmonxonasida Markaziy Osiyo iqtisodiy dasturi (CAREC) doirasida salohiyatli erkin savdo bitimi boʻyicha milliy seminar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (OʻzTTSA) va  Ozarbayjon standartlar instituti (AZSTAND) oʻrtasida onlayn-muloqot tashkil etildi. 

Germaniyaning TÜV SÜD  muvofiqlikni baholash idorasi bilan Frankfurt shahrida uchrashuv o‘tkazildi. SE-markirovka, GS-markirovka, mahsulotlarning xalqaro va Yevropa talablari (EN, DIN, ISO, ASME, ASTM, AD 2000, IEC)ga muvofiqligini baholash, sifat menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish, malakali  kadr tayyorlash sohasida tajriba almashishda hamkorlik munosabatlari muhokama qilindi. 

Rasmiy munosabat

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi rahbariyatining yanvar-fevral oylarida katta miqdorda olgan oylik maoshlari va markaz ishchilari oyliklarida cheklovlarni yuzaga kelayotgani yuzasidan “Qalampir.uz” va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi chop etilgan maʼlumotlarga oʻz munosabatini bildiradi.

 “UzTest” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan hududdagi oliy taʼlim muassasalari bilan soha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikda - birga ishlash  tizimli yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiallari masʼul xodimlari birgalikda hududda faoliyat yurituvchi mahalliy eksportyor va ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish va sohga oid masalalarda amaliy yordam berish maqsadida Beruniy tumanida faoliyat yurituvchi “Rayxon apparel” MCHJ korxonasida boʻldildar.