Yangiliklar



O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Nurobod tumanida joylashgan kir yuvish mashinalari va alyumin radiotar mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “TESPACK INVESTMENT” MCHJ  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida bugun soha yoʻnalishidagi davlat va xususiy sektordagi mutaxassislar uchun   oʻquv seminari tashkil etildi.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga muvofiqlikni baholash bo‘yicha amaliy yordam va laboratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

 

Texnik jihatdan tartibga solish agentligining davlat nazorat departamenti Surxondaryo viloyati bo‘limi, “O‘zMMI” va “UzTЕST” Surxondaryo filiallari mutaxassilari ishtirokida “Korrupsiyaning salbiy oqibatlari...”  mavzusida bo‘yicha seminar tadbiri o‘tkazildi.

Ma’lumotlar almashildi

Kuni kecha “UzTЕST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari Jizzax shahar erkin iqtisodiy hududida joylashgan Bojxona terminalida bo‘lishdi. Bu yerda bojxona sohasi vakillari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari, kelgusida yanada samarali faoliyat olib borish yuzasidan muzokara olib borildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” DM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan hududdagi ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga amaliy yordam va konsultativ xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik subektlariga amaliy yordam va labaratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda. Hamkorlarga sohaga doir sifatli xizmat koʻrsatish uchun filialda yetarlicha malakali xodimlar va yuqori aniqlikdagi zamonaviy laboratoriya jihozlari mavjud.

OʻzTTSA “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Jizzax filialining Sertifikatlashtirish boʻlimi xodimlari viloyatda joylashgan sanoat korxonalari bilan sohaga oid keng koʻlamli hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyishgan.

Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi, Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Qoʻshrabot tumanidagi “Zarmarmar Stoun” korxonasi vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur korxonaning asosiy faoliyati qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishdan iborat. Suhbat jarayonida mutaxassislar korxona masʼullariga xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish boʻyicha berilayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.

Joriy yilning 12 avgust kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari tomonidan maxsulotlarini  xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirgan «Super Xrust»  korxonasida mutaxassislar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

“WIKA Instrumentation” vakillari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zMMI” DM va “UzTest” markazi Buxoro filiallarida yaratilgan infratuzilma va tashkil etilgan laboraoriyalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, “O‘zMMI” DM va “WIKA Instrumentation” o‘rtasida o‘zaro xamkorlikni yo‘lga qo‘yish natijasida filialga investitsiya jalb qilish hamda kalibrlash laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Hamkorlikda ishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Narpay tumanida joylashgan “Samarkand Silk AO” MChJ vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Davlat nazorat Departamenti, UzTest va O‘zMMI Samarqand filiallari mutaxassislari tomonidan joyiga chiqilgan holda eksportyor korxonalarning muammolari o‘rganilmoqda, Samarqand viloyat Erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi  “EURO STYLE SHOES” MChJ QK da soha yuzasidan muammoli masalalari o‘rganilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qadoqlash va tamg‘alashga oid  tegishli tushunchalar berib, sohaga doir qonunchilik bo‘yicha yangiliklar tushuntirildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” markazi  Navoiy  filiali  mutaxassilari tomonidan “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini qayta baholash ishlari olib borildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTEST” markazi Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” XK mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashishishib korxonada olib boriayotgan ishlar, sohaga doir muammolar bilan qiziqishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Buxoro filiallari mutaxassislari viloyatda faoliyat olib borayotgan, sinov uskunalari son jihatdan ko‘p bo‘lgan “LUKOYL” kompaniyasi, BNQZ, MChJ shaklidagi “ASIA TRANS GAS”" QK, “AKSA Enerji Bukhara” MChJ Xorijiy Korxonasi va yangidan qurilish ishlari olib borilayotgan “Acwa Power Dzhankeldy Wind” MChJ, G’ijduvon tumanidagi “Acwa Pover Bash Wind” MChJ xorijiy korxonalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

Joriy yilning 3-4-avgust kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida va Nukus shahridagi 2-sonli Sport maktabi majmuasida «Tabiiy va mineral resurslarni tiklash, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel sanoati, elektroenergiya va elektrotexnika mahsulotlari sanoati» ga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu tadbirga O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “UzTest” davlat muassasai Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari ham ishtiroq etib, ma’sullar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartdartlashtirish, sertifikatlashtirish va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatildi.

Joriy yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) xuzuridagi Sifat sertifikatlashtirish markazi (CQC) va Shanxay shahri Pudong tumani Bozorlarni tartibga solish tashkiloti (SAMR Pudong) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Xalqaro standart joriy qilinadi

Agentlikning Davlat Nazorat Departamenti, “UzTEST” DM va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filiallari mutaxassislari “Surxon teks” MChJda eksportga ko‘maklashish, sohaga oid muammolarni o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida jamiyatda bo‘lishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Navoiy filiali xodimlari Qiziltepa tumanida joylashgan qo‘llarni himoya qilish va qurilish ishlari uchun muljallangan qo‘lqoplar ishlab chiqaruvchi “SVS Navoiy” MCHJ da bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.