Yangiliklar



Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boʻlinmalari va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Buxoro shahar boʻlinmasi, Adliya boshqarmasi Intellektual mulk boʻlimi masʼullari ishtirokida «Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Bayrogʻimiz-faxru gʻururimiz» shiori ostida  maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Fransiyaning Versal shahrida Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosining navbatdagi 27-Bosh konferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda aʼzo mamlakatlardan qatnashuvchilar tomonidan “Metrologiyaga boʻlgan ehtiyojlar” hisoboti, Global raqamli transformatsiya va xalqaro birliklar tizimi, Xalqaro kattaliklar tizimi (SI) prefikslari diapazonini kengaytirish, xalqaro vaqt birligi UTCdan foydalanish va kelajakdagi rivojlanish, Metrik konvensiyasiga rioya qilish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi raisi Bahodir Umarshayxov va  “Malasian Palm Oil Council”  texnik eksperti A.Udavenkolar bilan uchrashuv  oʻtdi.   

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini oʻrganish, korxonalardagi mavjud quvvatlarini oshirish, yangi imkoniyatlarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, mahalliy sanoat, shu jumladan eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga koʻmaklashish maqsadida Texnik jihatdan tartibga solish agentligining viloyat filiallari xodimlari Buxoro shahridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida oʻrganishlar olib bordilar.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining 2022-yil 27-29-iyul kunlari Hindiston va Bangladesh davlatlariga tashriflari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Hindiston muvofiqlikni baholash idorasi KWALITYCERT SERVICES PVT LTD bilan onlayn videokonferensiya oʻtkazildi.

Til — davlat timsoli

OʻzTTSA huzuridagi  Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

Joriy yilning 31-oktyabr-4-noyabr kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasining (IEC) navbatdagi 86chi Bosh Assambleya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4887-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoroda joylashgan yirik savdo markazlarida “Oziq-ovqat sifat haftaligi” tadbirlarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida sifat infratuzilmasi yuzasidan keng jamoatchilikka malumot berish maqsadida “Sifat haftaligi” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Rossiyaning EVRO tbm tashkilotining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida EVRO tbm temir-beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi tashabbusi bilan “Aniq oʻlchashlar – sifat va xavfsizlik kafolati. muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiyadan oʻtish jarayoni” mavzusida OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tashabbusi asosida tizim-tashkilotlari xodimlari uchun “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti bo‘yicha o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senatida koʻrib chiqilgan qonunlar va boshqa muhim hujjatlarni tadbirkorlar va ishlab chiqarish xodimlari oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Senatining Orol boʻyi hududini rivojlantirish boshligʻi oʻrinbosari B.Matmuratov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Departamenti mutaxassislari hamkorligida Qanlikoʻl, Taxtakoʻpir, Qaraoʻzak, Taxiatosh, Nukus tumanlari hokimliklarida “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri haqida ochiq seminarlar oʻtkazildi.

Bugun Oliy Majlis Senatorlari Texnik jihatdan tartibga solish tizimidagi qonunchilik loyihalari bilan tanishmoqdalar.

150 nafardan ziyod ilm-fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyondalaridan iborat guruh vakillari Toshkent shahridan Namangan viloyatiga yetib kelishdi. Agentlikning Namangan hududiy filiali maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼullari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdilar.

Joriy yilning 20-22-oktyabr kunlari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Boshqarma boshligʻi A.Asqarov Bishkekda Qirgʻiziston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, va qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi organik dehqonchilik boshqarmasi, Koreyaning Qirgʻiziston Respublikasidagi “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligi, shuningdek, yuridik shaxslar uyushmasi “Qirgʻiziston oʻrmon va yerdan foydalanuvchilar uyushmasi” koʻmagida “ORGANIC EXPO-2022” koʻrgazmasi doirasidagi forumda ishtirok etdi.

Bojxona brokerlar uyushmasi va Davlat Bojxona qoʻmitasi hamda masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokidagi davra suhbatida bojxona qonunchiligiga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yaratilgan qulaylik va yangiliklar, shuningdek, ishlab chiqilgan yangi elektron dasturlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimi Janubiy Koreya Respublikasida joylashgan dengiz mahsulotlaridan biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqaradigan “KOR OK-BIO” korxonasida boʻldi.

Navoiy viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan metallurgiya, qurilish materiallari, kimyo sanoati va elektrotexnika yoʻnalishlaridagi “Navoiy viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “QADRING BALAND BOʻLSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovida  Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi  vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari oʻrtasida  “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” deb eʼtirof etildi va 3-oʻringa loyiq deb topildi.