Yangiliklar



Buxoroda o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan birga Samarqand, Xorazm, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan yirik ishlab chiqarish korxonalari ham o‘z mahsulotini namoyish etdi. 

2017 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 196-sonli qarori qabul qilindi.

2017 yil 24 aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Harakatlar strategiyasini amalga oshirish: “elektron parlament” tizimini joriy qilish va rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2017 yil 26 aprelda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman hokimligining majlislar zalida “O‘zstandart” agentligining Surxondaryo SMB boshlig‘i G‘.X.Karimov va Surxondaryo SSM DK direktori E.X.Mengliyev va mutaxassis xodimlari ishtirokida Sariosiyo tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda turistik faoliyatda axborot ta’minoti samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. 
 

Milliy matbuot markazida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi departamenti bosh direktori Kang Myong Su boshchiligidagi Janubiy koreyalik ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida biznes forum va kooperatsion birja o‘tkazildi. 

Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda

Farg‘ona shahridagi “Fergana oseana textile” O‘zbekiston – Tailand qo‘shma korxonasi yiliga 3 ming 600 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda paxta tolasidan tayyorlanayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari Jizzax shahridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda tadbirkorlarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. 

Toshkentda eng yaxshi intellektual mulk obyekti – “Yangi intellekt” tanlovining joriy yilgi g‘oliblarini mukofotlash marosimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Elektron murojaat: qulay va samarali

Murojaat qilish va axborot olish fuqarolarning eng asosiy huquqlaridan bo‘lib, ular inson manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishning muhim omillaridandir. 

Tomorqa – daromad manbai

Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda. 

Yirik shaharlar iqtisodiyotining keskin rivojlanishi jarayonida ayrim zaxarli gazlar hosil bo‘lishi kuzatilmoqda hamda ularning nomenklatura miqdori oshmoqda. Tabiiyki bu atrof muhit tozaligi va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining 2017 yil 10 apreldagi 05-837-sonli qaroriga asosan alkogolli mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga doir me’yoriy xujjatlar ixtiyoriy tusga o‘tkazildi. 

Hududlardagi bozorlar va savdo do‘konlarida Xitoydan import qilingan isitish tovarlari (elektr pechkalar, duxovkalar, qozonlar, gorelkalar) muvofiklik sertifikatisiz sotilishining oldini olish maqsadida viloyat hokimliklariga, soliq, standartlashtirish, SES, bojxona va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining hamkorlikdagi qo‘shma chora-tadbirlari tasdiqlanib, amaliy ishlarga qo‘l urildi. 

Elektron murojaat: qulay va samarali

Murojaat qilish va axborot olish fuqarolarning eng asosiy huquqlaridan bo‘lib, ular inson manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishning muhim omillaridandir. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotni yuksaltirish barobarida aholi bandligini ta’minlash va uning daromadlari manbai, xalqimiz farovonligining muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlash, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
 

Xizmat samaradorligi oshadi

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yuksaltirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tibbiyot sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlangan ikkita katta yig‘ilish o‘tkazildi, bir necha qaror qabul qilindi. 

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi.