Yangiliklar



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi sohalarining 2017-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, rangli metall qoldiqlarini yig‘ish, topshirish tartibi, elektron chiqindilarni zararsizlantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Buxoroda “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda OAVning o‘rni” mavzucida seminar-trening o‘tkazildi. 

«O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, shu kunlarda Surxondaryo viloyatida bahorgi piyozni yig‘ib olish tadbirlari boshlangan. 
 

2016-yilda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalari 1 milliard 146 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Dunyoning 54 mamlakatiga yetkazib berilgan ushbu mahsulotlarning 40 foizidan ortig‘ini qo‘shimcha qiymatli tovarlar tashkil etadi. 
 

6 aprel kuni Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalashda interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi va ruxsat beruvchi jarayonlar avtomatlashtirilgan «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 

Qibray tumanidagi “Do‘rmon” madaniyat saroyida Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar, hunarmandlar faoliyatini rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
 

Sifatli sut mahsulotlari

Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Shaboda-N” fermer xo‘jaligining sutni qayta ishlash tarmog‘ida qatiq, smetana, qaymoq, tvorog kabi 18 turdagi sut mahsulotlari tayyorlanmoqda. 
 

Buyurtmachilarga manzur

Namangan viloyatining Namangan tumani Yuqori Rovuston qishlog‘ida joylashgan “NAM LIDER LITYO SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 12 o‘lchamdagi alyumin non qoliplari, sisternalar uchun qolip, turli hajmdagi cho‘yan lyuk, pech va plitalar ishlab chiqarilmoqda. 

Milliy matbuot markazida xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon bilan ta’minlash, dorixonalarda chegaralangan narxlarga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalashning huquqiy asoslariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Biz korrupsiyaga qarshimiz

“Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasida tashkil etilgan davra suhbati aynan shunday nomlandi.

“Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining akkreditatlangan sinov majmuasining elektrotexnix mahsulotlari sinov laboratoriyasi uchun zamonaviy elektron shtangensirkul o‘lchash vositasi sotib olindi.

Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 
 

Hamkorlik istiqbollari

Joriy yilning 3 aprel kuni “O‘zstandart” agentligida Turkiya Davlatidan tashrif buyurgan, “TurkAK” xalqaro akkreditatsiya idorasining Bosh sekretari Doktor Halil Ibrahim Chetin bilan agentlik Bosh direktori A. Xaitovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasida 2017-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 2017-yilning 4-5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi. 

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.