2017 yilning boshlanishi Tojikiston uchun nihoyatda seryog’in keldi. Joriy yil yanvar-fevral oylarida mamlakatning tog’li hududlarida juda ko’p qor yoqqani natijasida katta qor ko’chkilari ro’y berdi. Bunday ayanchli hodisa butun mamlakat hududida 500 dan ziyod marotaba qayd etildi. Afsuski, tabiiy ofat oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar ko’rildi, balki qor ko’chkilari insonlarning halok bo’lishiga ham olib keldi.