Yangiliklar



Joriy yilning 27,28-oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetining “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi”da XXVII “Innjvatsiya-2023” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining 35-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali mas’ullari tomonidan “Buxoro viloyatida xalqaro standart talablari asosida o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish” mavzusida  ma’ruzalar  qilindi.

O‘zTTSA “UzTest” Navoiy filiali mutaxassislari “Navoiy  iqtisodiy  hududi”da  joylashgan  bosimga chidamli polipropilen va poliyetilen quvurlar va ularni butlovchi qismlari  mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Polipropilen quvurlar” MChJ  hamda “Polietilen quvurlar” MChJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari  bilan  yaqindan tanishdilar.

 

Jizzax shahar hokimligida O‘zTTSA “UzTEST” markazi, “O‘zMMI”, Departamentning Jizzax filiallari mas’ullari va Jizzax viloyati hokimligi “Invetsitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi” xodimlari bilan hamkorlikda Prezidentimizning 2023-yil 21-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil qilindi.

 

Onlayn shaklda tashkil etilayotgan IECning 87-chi Bosh Assambleya yig‘ilishida 100 dan ortiq mamlakatdan qatnashuvchilar savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, energetika va elektrotexnika standartlarini takomillashtirish, yangi loyihalar, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekiston 2023 yildan mazkur tashkilotga assotsiatsiyalashgan  a’zo hisoblanadi.

Kelishuv imzolandi

2023-yilning 18,19-oktyabr kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “INNO WEEK 2023” Kreativ taʼlim va innovatsiyalar - yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida ilmiy anjuman oʻtkazildi.
Anjuman ishi juda samarali tashkil etilgan boʻlib, koʻplab dolzarb mavzular qamrab olinganligi, yoshlarning gʻoyalariga koʻplab eʼtibor qaratilgani koʻrinib turdi. O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali mutaxassilari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, taqdim etilgan loyihalar, yosh olimlarning ishlari bilan tanishib chiqdilar.
 

“Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, OʻzTTSA “UzTEST” markazi, Departament hamda “O‘zMMI” masʼullari tomonidan “Evropa ittifoqining “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari” mavzusida viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Kecha Oʻzbekiston  texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi Kichik va oʻrta biznes korxonalari departamenti direktori Yens Byolman boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari hamkorligida mahalliy eksportyor korxonalar uchun seminar tarzida davra suhbati tashkil qilindi.
.

Samarqandda til bayrami...

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiallari xodimlari ishtirokida “Ona tilim gʻururim, faxrim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, shoir F.Toshev, OʻzTTSA Bosh direktori matbuot kotibi R.Rasulov, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti matbuot kotibi  A.Toʻrayev, Samarqand viloyati maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʻibotchilari O.Shodiyeva, M.Mamatovalar ishtirok etishdi.
 

Innovatsion g’oyalar haftaligida ilk bor O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ham o‘z taqdimoti va ko‘rgazmasi bilan ishtirok etmoqda. Yurtimizda o‘tkazilayotgan bu kabi ko‘rgazmalar yosh olimlar va izlanuvchilar uchun minbar vazifasini o‘taydi. Tadbir qatnashchilari o‘z iqtidori va salohiyati natijalari – ilmiy ishlanmalarini namoyish etishlari uchun muhim ahamiyatlidir.

Mamlakatimizda ham korrupsiya illatiga qarshi kurashishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan kecha  O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Chirchiq filialida “Korrupsiyaga qarsh kurash davr talabi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda Chirchiq shahar IIB xodimi kapitan B.Dovov mavzuga doir ma’ruza o‘qidi.

 

O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro hududiy filali  mas’ullari G‘ijduvon tumani “Zafarobod” aholi yashash maskanida olib borilayotgan qurilish maydonida “Acwa Pover” loyiha guruhi rahbari Alpin Karain va “China Energy International Enginering CO.LTD”ning “Bash qurilish maydoni” direktori Li Yanpin bilan uchrashib, qurilish ta’mirlash ishlarining borishi, o‘lchash vositalari hamda sinov jihozlarining davlat ko‘rigidan o‘tkazilish holati, ob’ektni ishga tushirilganidan keyingi hamkorlikda amalga oshiriladigan masalalar kelishib olindi.

Xalqaro standartlashtirish kuni

Har yili butun dunyo bo‘ylab bayram etakchi xalqaro standartlashtirish tashkilotlari (IEC, ISO va ITU) rahbarlari tomonidan belgilanadigan ma'lum bir shior ostida o‘tkaziladi.

2023-yilda u 2021-yilda boshlangan mavzuni davom ettiradi: “Yaxshiroq dunyo uchun umumiy qarash. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish standartlari”, 3-Barqaror rivojlanish maqsadiga (SDG) erishishda standartlarning roliga e'tibor qaratib, “Sog'lom hayotni ta'minlash va barcha yoshdagilar uchun farovonlikni rag'batlantirish”.

Biz korrupsiyaga qarshimiz...

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokidagi Korrupsiyaga qarshi tadbirlar agentlikning Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon filiallarida ham oʻtkazildi.

Sohaga doir maslahatlar berildi

OʻzTTSA “UzTEST” markazi Jizzax filiali xodimlari kuni kecha ushbu korxonalarda boʻlib, sohaga doir masalalar yuzasidan suhbat olib borishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Payariq tumanida joylashgan trikotaj mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “Global Tex” MCHJ  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari va korxonaga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Davlat nazorat departamenti Navoiy viloyati boʻlimi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Navoiy  viloyati boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda viloyatdagi eksporter va mahalliylashtirish dasturiga kirgan korxonalarga sohaga oid amaliy yordam koʻrsatib kelishmoqda.

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi  “UzTest” DM Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan mahalliy eksportyor korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tizimli hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Nurobod tumanida joylashgan kir yuvish mashinalari va alyumin radiotar mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “TESPACK INVESTMENT” MCHJ  korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtiriladigan, Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida bugun soha yoʻnalishidagi davlat va xususiy sektordagi mutaxassislar uchun   oʻquv seminari tashkil etildi.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga muvofiqlikni baholash bo‘yicha amaliy yordam va laboratoriya xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.