Yangiliklar



Yevropa bozorlariga kirib borish va ushbu bozorlarda raqobat muhitida oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarda SE markirovkasini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yevropa bozori mahsulotlarning sifati va xavfsizligi borasida oʻziga xos talablarga ega. Yevropa bozorlariga ayrim turdagi mahsulotlarni eksport qilishda

Inson xayotini xavfsizlik belgilarisiz tasavvur qilish juda qiyin. Yangi tozalangan pollardan sirpanib ketishdan tortib, qurilish maydonchalarida sodir boʻlgan fojiali baxtsiz hodisalargacha notoʻgʻri tushunilgan xavfsizlik belgilari falokatning asosiy mezoni hisoblanadi.

Bolalar aravachalarining xalqaro bozori tobora oʻsib bormoqda va bu xavfsizlik va sifat bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqarmoqda.

COVID-19 pandemiyasi dunyoda tubdan oʻzgartirdi. Xodimlarni himoya qilish boʻyicha har tomonlama, samarali ishlashni davom ettirish boʻyicha umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish zarurligini anglagan holda, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ISO mutaxassislari qisqa vaqt ichida yangi qoʻllanma ishlab chiqishga kirishdilar.

Hech kimga sir emas, hozirgi kuchli raqobat sharoitida xorijiy bozordan mustahkam joy egallash oson emas. Ayniqsa, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar uchun.

Dunyo aholisining deyarli yarmi suv yetmaydigan joylarda yashaydi va bu koʻrsatkich 2050-yilga kelib 5,7 milliardga yetishi mumkin. Shuning uchun mavjud suvni qayta ishlatish usullarini topish juda zarur hisoblanadi.

Soʻngi yillarda Hindiston va Oʻzbekiston Respublikalari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanayotganini alohida taʼkidlash joiz.

Oʻzbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi oʻrtasida iqtisodiy-sanoat va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasi cakkizinchi yigʻilishi doirasida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida Chexiya metrologiya instituti bilan investitsiya loyihalari boʻyicha onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Oʻzstandart” agentligining qarori bilan «Oʻzavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi qoshida STQ 7 “Transport” sohasida standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitasi tashkil qilindi.

“Oʻzstandart” agentligi Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari bilan vidoyekonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvida “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi” yangi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Mamlakatimizda eksport va investitsiya salohiyatini yana-da rivojlantirish vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida,eksportyor va eksport imkoniyatiga ega boʻlgan korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek SOVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy eksportyor korxonalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida, import mahsulotlariga Birlashgan Arab Amirligi, Pokiston va Eron davlatlarida qoʻyilgan talablar oʻrganildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-sonli “Respublikaning eksport va investitsiya salohiyatini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida eksportyor 
va eksport imkoniyatlariga ega korxonalarda zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek SOVID 19 pandemiyasi davrida mahalliy eksportyor korxonalarni qoʻllab quvvatlash maqsadida, import mahsulotlariga Xitoy Xalk Respublikasi, Hindiston va Malayziya davlatlarida qoʻyilgan talablar oʻrganildi.

Halol taʼminot zanjiri tizimidagi Halol mahsulstandartlariotlarni tashish, saqlash hamda ularni chakana sotishga boʻlgan talablarni belgilovchi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ijtimoiy obyektlarni qurish boʻyicha koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qoʻshilgan qiymatni oshirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekiston paxtachilik va toʻqimachilik sanoatida sertifikatlash imkoniyatlari” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tegishli qarorlari bilan mashinasozlik, metallurgiya, sogʻliqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqa sanoat sohalarida xalqaro talablarni hisobga olib ishlab chiqilgan va 2021-yil 1-apreldan qoʻllaniladigan davlatlararo standartlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tegishli qarorlari bilan neft-gaz sanoati, axborot-texnologiyalari, kimyo va elektrotexnika kabi sanoat sohalarida xalqaro talablarni hisobga olgan ishlab chiqilgan va 2021-yil 1-martdan qoʻllaniladigan davlatlararo standartlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tegishli qarorlari bilan qurilish, oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va charm kabi sanoat sohalarida xalqaro talablarni hisobga olgan ishlab chiqilgan va 2021-yil 1-fevraldan qoʻllaniladigan davlatlararo standartlar qabul qilindi.

COVID 19 pandemiyasiga qaramasdan mamlakatimizda tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda rivojlantirishga keng eʼtibor qaratilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlariga qishloq xoʻjaligi, tekstil, qurilish va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni eksport qilish kunning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda.