Yangiliklar



Hech qanday elektron tizim xakerlik tahdididan xoli emas, shu jumladan siz foydalangan soʻnggi tarif punkti ham. Elektron zaryadlash tizimlaridagi kiberhujumlar deyarli har qanday maʼlumotlarni, yoʻqolgan daromaddan tortib shaxsiy maʼlumotlarga qadar tarqatishi mumkin. Shuning uchun toʻlov tizimlarining xavfsizlik standarti muntazam ravishda koʻrib chiqilib va ​​yangilanadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan pullik yoʻl harakati xavfsizligi standartining soʻnggi versiyasi nashr etildi.

Joriy yilning 22-oktyabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida, Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC)dan elektromobillar va ularning ehtiyot qismlariga oid 51ta Xitoy standartlari olindi.

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan Oʻz DSt 20.206.3:2020 “Mahsulotni sinash tizimi. Putur yetkazmaydigan tekshiruv. Kapillyar tekshiruv. Atamalar va taʼriflar” nomli Oʻzbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi.

Har yili 14 oktyabr kuni dunyo ilmiy-texnik jamoatchiligi Butunjahon standartlashtirish kunini nishonlaydi.

Tadbirkorlik sub'ektlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812 son qaroriga muvofiq, tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta'minlashga to‘sqinlik qiladigan ma'nan eskirgan normalarni bartaraf etish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan 5236 ta standartlarni amal qilish muddatini to‘xtatish bo‘yicha choralar qabul qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Dunyo aholisi uchun eng yangi texnologiyalar va standartlarga javob beradigan arzon, samarali ishonchli va bardoshli oshxona plitalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi juda muhimdir.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikamiz miqyosida 140 ta ishlab chiыarish korxonalarida sifat menejmenti tizimi joriy etildi. Shu bilan birga 144ta muvofiqlik sertifikatlari ham rasmiylashtirildi

ISO 2018 Global statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan 878664 ta ISO 9001 va 32120 ta ISO 22000 muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.
 

Sarguzasht –bu hayotning ajoyibotlarga boyligi bo‘lsa, inson boshqa mamlakatlarga safari davomida qiziqarli voqea-hodisalarga duch keladi. Gap turizm haqida ketganda, unitilmas va foydali tajriba bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, xatarlar mavjud bo‘lgani sabab ushbu xatarlarni kamaytirish bir qator maxsus ISO standartlarining markazida turadi. ISO yetakchilar sakrash jarayonida o‘zlarining xavfsiz qo‘llarda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun so‘nggi versiyasini qabul qildi.

Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etilgan Islom Mamlakatlarining Standartlar, Metrologiya Instituti (SMIIC) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda OIC/SMIIC standartlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Ushbu tashkilot 1999 yil 7 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, a’zo davlatlar soni 42 tani tashkil etadi.
 

Sarsabil bozori juda tez rivojlanib, dunyoda tobora ommalashib borayotgan ekinga aylanmoqda. Savdo o‘sib borishi bilan sanoatning o‘ziga xos va izchil xususiyatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) sarsabilning sog‘lom o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi xalqaro standart qabul qildi.

Bemorlarning xavfsizligi ISO tashkilotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Tibbiy jihozlarning klinik sinovlari ko‘plab mintaqaviy va milliy qoidalar va talablar bilan qa’tiy tartibga solinadi, ular ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilar, shuningdek klinik sinovlarda qatnashadigan boshqa tomonlar tomonidan rioya qilinishi kerak.
 

Biologik xilma-xillik hayotni ta’minlaydi. Bu biz nafas olayotgan havo, biz iste’mol qiladigan ovqat, xayotni saqlab qoladigan dori-darmonlar va biz ishonadigan suvni yaratadi. Ammo yer va turlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi, intensiv dehqonchilik, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi biologik xilma-xillikni buzadi.

Shaxsiy gigiyena va umumiy tozalikka dunyo miqyosida pandemiya davrichalik alohida e’tibor qaratilmagan edi. Albatta bugungi kunda, qo‘lni muntazam yuvish, ish va yashash joylarini toza saqlash yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun muhim omillardan hisoblanadi.