Yangiliklar



Agentlikning "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-401-son Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 

Agentlikning  “UzTest” markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Korxonabay” tizimi asosida hududimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga amaliy yordam va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga olish agentligi,  Latviya Standartlar instituti (Latvian Standard) va Latviya Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Markazi  (Consumer Rights Protection Centre of Republic of Latvia) ekspertlari  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Jizzax shahrida “Xiva xoniy” MChJ eksportyor korxonasi hozirgi kunda Xitoyga asal mahsulotini eksport qilmoqda. Agentlikning “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha tushunchalar berishdi.

“UzTEST” markazi Samarqand filiali xodimlari Jomboy tumanida joylashgan kimyo mahsulotlarini (granula, polipropilen qop)  ishlab chiqaruvchi “Samarkand-Golden Colors” MCHJ  korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi Prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlari yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun Malayziya standartlar tashkiloti (Standards Malaysia) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib  o‘tdi. Unda  ikki va ko‘p tomonlama  hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro tamoyillar asosida shakllantirish va rivojlantirishda orttirilgan tajriba  almashish, kadrlar tayyorlash va professional malaka oshirish ishlarini  hamkorlikda tashkil qilish, texnik qo‘mitalarni rivojlantirishda texnik ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va shu orqali texnik ekspertlar bazasini shakllantirishda hamkorlik qilish.

Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari “O‘zbek-Turk Test Markazi” qo‘shma korxonasida ISO/IEC 17065 va ISO 19011 “Muvofiqlikni baholash. Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan talablar” hamda “Ichki audit” standartlari bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi.

 

 

Sifat xavfsizlik garovidir

OʼzTTSA Departamentning Sirdaryo filiali mutaxassislari tomonidan Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan savdo do'konlarida sotilayotgan maishiy elektrotexnika mahsulotlari oʼrganildi.
 

Bugun O‘zTTSA Jahon iqtisodiy tizimiga sohaning integratsiyalashuvi bo‘limi va Britaniya standartlar instituti (BSI)  Tashqi Aloqalar boshqarmasi bilan onlayn tarzda uchrashuv bo‘lib  o‘tdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning yettinchi yig‘ilishi doirasidagi topshiriqlar  ijrosi yuzasidan Turk standartlari instituti (TSE), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) bilan muloqot o‘tkazilgan edi.

 

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” korxonasida tayyor trikotaj  mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.  Hozirgi kunda korxona tayyor trikotaj maxsulotlarini  Rossiya va Turkiyaga eksport qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

185 ta davlatning sifat infratuzilmasini baholab boruvchi Global sifat infratuzilma indeksi (Global Quality Infrastructure Index (GQII) reytingi e’lon qilindi.

So‘nggi yillarda sohada olib borilgan islohotlar natijasida 2020-yildan boshlab ushbu reytingga O‘zbekiston Respublikasi 82-o‘rin bilan ro‘yxatga qo‘shilgan.

Yaponiya tajribasi o‘rganilmoqda

Yaponiyaning O‘zbekiston sanoatida sinovlarni tashkillashtirish va standartlashtirish sohasidagi kadrlarni malakasini oshirish “ENUI” loyihasi doirasida o‘qishlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari Urgut tumanida joylashgan plastmassadan tayyorlangan mahsulotlarni  ishlab chiqaruvchi “Urgut Super Plast” korxonasida bo‘lishdi.

Kuni kecha Navoiy viloyati Karmana tuman Axborot - kutubxona markazida O‘zTTSA “UzTest” markazi Navoiy filiali xodimlari ishtirokida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan “O‘zbegimning mard o‘g‘lonlari” deb nomlangan bellashuv kechasi o‘tkazildi.

 

Jizzax shahrida faoliya yuritayotgan “Art zamin tekstil” korxonasida ip-kalavadan mato to‘qilmoqda. Mazkur korxonada mahsulot sifatining yuqori bo‘lishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.Kuni kecha  O‘zTTSA “UzTYeST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari korxonada bo‘lib korxonada xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha keng tushunchalar berishdi.

 

Germaniya standartlar instituti (DIN) ekspertlari  bilan muloqot olib oʻtkazildi. Muloqot doirasida standartlarni ishlab chiqish va joriy etish, texnik qoʻmitalar faoliyati boʻyicha fikr almashildi.  Muloqot natijasiga koʻra,  joriy yilning 19-24-fevral kunlari OʻzTTSA Standartlar institutida DIN  ekspertlari ishtirokida  mutaxassislar uchun standartlashtirish  soxasida treyning- seminar tashkil etishga kelishildi.

Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “WORLD TRADING COMPANY” MChJ QK faoliyatida texnik jihatdan  tartibga solish sohasi bo‘yicha O‘zTTSA “UzTest” markazi xodimlari tomonidan muammolarni o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “La Plante Verde” korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.