Yangiliklar



O‘zTTSAning Buxoro viloyati hududiy bo‘linmalari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi hamkorligidagi memoradumga asosan  fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaxshilash maqsadida “Mahsulot va xizmatlarning sifat kafolatini ta’minlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zTTSA “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Kattaqo‘g‘on tumanida joylashgan yirik sanoat ob’ekti – yiliga 3 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega “Hengyuan Cement” MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi hamda  sohaga doir qonunchiliklar to‘g‘risida keng tushunchalar berishdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “UzTest” DM Samarqand filiali mutaxassislari Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Grand Fayz Baraka" MChJ vakillari bilan uchrashib, korxonada olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Xalqaro seminar o‘tkazilmoqda

Turkiya Savdo vazirligining mahsulot xavfsizligi va nazorat departamenti va Turk standartlari instituti hamkorligida Gebze sifat kampusida mutaxassislar uchun treyning seminar o‘tkazilmoqda.
 

Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” tadbiri o‘tkazildi. “Berdaq” nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universitetida o‘tkazilgan tadbirda O‘zTTSA Oʻzbekiston milliy metrologiya institut Qoraqalpog‘isiton filiali mutaxassislari ham ishtirok etishdi.

 

Farmon ijrosi ta’minlanmoqda

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan “Do‘stlik inovatsion textil” korxonasida bugungi kunda 110 ta xodim tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini olib borishmoqda. O‘zTTSA “UzTest” markazi Jizzax filiali mutaxassislari tomonidan mazkur korxonaga xalqaro va muvofiqlik sertifikatlarini olish bo‘yicha sohaga doir amaliy amaliy yordam berilmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan suyuq sovun va yuvish vositalarini ishlab chiqaruvchi “Samarkand beauty soap” korxonasida bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab tayyorlanayotgan mahsulotlar muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatishdi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zTTSA Davlat nazorati Departamenti Navoiy viloyati boʼlimi va “UzTest” DM Navoiy filiali tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi muvofiqlikni baholash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar hamda viloyatdagi sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari jalb qilingan holda amaliy seminar tashkil qilindi.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining  “UzTest” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Korxonabay” tizimi asosida hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga amaliy yordam va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zTTSA “UzTest” DM Navoiy  filiali  Karmana tumani Xalq demokratik partiyasi Kengashi raisi  H.Ro‘ziyev, Karmana tumani ekologik partiya kengashi raisi   A.Jurayev, Karmana tumani  Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari  hamda Karmana tuman axborot –kutubxona markazi  ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosobati bilan “Yuksaklarda hilpirayver  bayrog’im” nomli tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” markazi Samarqand filiali mutaxassislari Urgut tumanida joylashgan trikotaj mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi “Asomiddin Nur Tekstil” MChJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Xalqaro kongressning 5 – sessiya doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori  Lazizbek Saidoripov “O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning muvofiqligini baholashda metrologiyaning o‘rni” mavzusida spiker sifatida taqdimot bilan ishtirok etdi. Taqdimot savollar, takliflar va fikrlash almashishga boy tarzda o‘tdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda joriy yilning 6-24 noyabr kunlari belgilangan reja muvofiq Respublikaning barcha hududlarida tajribali xorijiy mutaxassis - O‘zbekiston-Latviya savdo uyi direktori V.Galperins ishtirokida “Yevropa bozoriga eksport qilish: talablar, tartiblar va qoidalar” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Shu tadbirlar turkumi Jizzax shahrida ham o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Uz-TEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agenligi “UzTest” DM Samarqand filiali xodimlari Samarqand shahrida joylashgan sanitar-gigiyenik  mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Noshir Lux” MCHJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni muvofiqligini baholash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilning 27,28-oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetining “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi”da XXVII “Innjvatsiya-2023” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining 35-yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan anjumanda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali mas’ullari tomonidan “Buxoro viloyatida xalqaro standart talablari asosida o‘lchash vositalariga metrologik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish” mavzusida  ma’ruzalar  qilindi.

O‘zTTSA “UzTest” Navoiy filiali mutaxassislari “Navoiy  iqtisodiy  hududi”da  joylashgan  bosimga chidamli polipropilen va poliyetilen quvurlar va ularni butlovchi qismlari  mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Polipropilen quvurlar” MChJ  hamda “Polietilen quvurlar” MChJda bo‘lib,  ishlab chiqarish jarayonlari  bilan  yaqindan tanishdilar.

 

Jizzax shahar hokimligida O‘zTTSA “UzTEST” markazi, “O‘zMMI”, Departamentning Jizzax filiallari mas’ullari va Jizzax viloyati hokimligi “Invetsitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi” xodimlari bilan hamkorlikda Prezidentimizning 2023-yil 21-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-111-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil qilindi.

 

Onlayn shaklda tashkil etilayotgan IECning 87-chi Bosh Assambleya yig‘ilishida 100 dan ortiq mamlakatdan qatnashuvchilar savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, energetika va elektrotexnika standartlarini takomillashtirish, yangi loyihalar, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekiston 2023 yildan mazkur tashkilotga assotsiatsiyalashgan  a’zo hisoblanadi.

Kelishuv imzolandi

2023-yilning 18,19-oktyabr kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “INNO WEEK 2023” Kreativ taʼlim va innovatsiyalar - yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida ilmiy anjuman oʻtkazildi.
Anjuman ishi juda samarali tashkil etilgan boʻlib, koʻplab dolzarb mavzular qamrab olinganligi, yoshlarning gʻoyalariga koʻplab eʼtibor qaratilgani koʻrinib turdi. O‘zTTSA O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiali mutaxassilari ham ushbu tadbirda faol ishtirok etib, taqdim etilgan loyihalar, yosh olimlarning ishlari bilan tanishib chiqdilar.
 

“Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-sonli Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi, OʻzTTSA “UzTEST” markazi, Departament hamda “O‘zMMI” masʼullari tomonidan “Evropa ittifoqining “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega bo‘lgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlari” mavzusida viloyatda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar vakillari uchun seminar-trening tashkil qilindi.