Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida, Bojxona boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda ishlab chiqarish korxonalari hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi

Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi № PQ-4059 sonli qarorining ijrosi xususida bo‘ldi. Qaror bandlarida belgilab berilgan barcha vazifalarning ijrosini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ta’minlashga qaratildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.