Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan  “REGION AGRO INVEST EKSPORT” va “ATIYAJ GULZAR” ishlab chiqarish korxonalari masʼullari va ishchi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda korxona xodimlariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning texnik koʻrsatgichlarini hamda sifatini xalqaro darajaga olib chiqish, tashqi koʻrinishi boʻyicha dizayniga eʼtibor berish va halqaro ISO standartlari asosida sifat menejment tizimlarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi Oʻzbekiston standartlar instituti tomonidan respublikamizning barcha hududlarida, xalqaro standartlarni joriy etish, savdodagi texnik toʻsiqlar va mahsulotlarni jahon andozalari asosida muvofiqligini baholashning ahamiyati yuzasidan oʻquv-treninglar oʻtkazilishi boʻyicha maʼlumotlar berildi va ushbu oʻquv-treninglarda qatnashish tavsiya etildi.