Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi tomonidan Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Eksport shtabi” bilan hamkorlikda mahalliy eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Oʻrganishlar natijasida Bektemir tumanidagi “AGRONIC” va Yashnobod tumanidagi “QUALITY PHARM” korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari uchun xalqaro standartlar (Halol, ISO 13485, ISO 22000), xorijiy talablar va eksportyorlarga taqdim etiladigan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot va tavsiyalar berildi.

“QUALITY PHARM” korxonasi oʻz mahsulotlari eksport geografiyasini oshirish maqsadida ISO 13485 standartini joriy etish va sertifikatlash istagini bildirib, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.